“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023
204
haqida, kimyo ta’limini samarali tashkil qilish va boshqarish usullari, kimyo fanini
o‘qitishda algoritmlar va dasturlardan foydalanish, kimyo ta’limini tashkillashtirish
shakllari, kimyo o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, kimyo
darslarida innovatsion metodlardan foydalanishning nazariy asoslarini o‘rganish
bo‘yicha chet el olimlaridan E.G.Polupanenko, V.A.Kuzurman, I.V.Zadorojniy,
E.E.Minchenkov,
M.S.Pak,
D.K.Bondarenko,
S.S.Kosmodemyanskaya,
S.I.Gilmanshina kabilarning ishlari diqqatga sazovordir [2;3-4]. Rus maktablarida
kimyo o‘quv kursining shakllanishida G.M.CHernoblskaya va N.E.Kuznetsovaning
xizmatlari beqiyosdir. P.A.Orjekovskiyning fikricha: “Rivojlanish-faol va ongli
faoliyat natijasida paydo bo‘ladigan qabul qilish, fikrlash, tasavvur qilish, xotira kabi
shaxsning bilish jarayonining ijobiy o‘zgarishlaridir.” Rivojlantiruvchi ta’limning
asoslari, jumladan olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash jarayonida
rivojlantiruvchi ta’limning ahamiyati mashhur psixolog L.S.Vigotskiy tomonidan
izohlab berilgan [4; 2-5]. Kimyo fani uning bo‘limlarini o‘qitish metodikasining
O‘zbekistonda o‘rganilish jarayonini tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi yillarda professor
H.T.Omonov kimyo fanini o‘qitish metodikasi sohasini rivojlanishiga ulkan hissa
qo‘shdi. Qolaversa, o‘zbekistonlik olimlardan A.Mamajonov, J.Fayozov, T.Gulboev,
G‘.Boymurodov, M.Umarov, A.Azimov, SH.Quvvatov, J.Mamajonov, F.Alimova va
L.Zaylobovlar kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha qator ilmiy
tadqiqotlarni olib borganlar.
Dostları ilə paylaş: