“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix23.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#120256
1   2   3   4   5   6   7
202-207

METODOLOGIYA 
Yuqorida keltirilgan olimlar va ular tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni tahlil 
qilar ekanmiz, ularda kimyo fanini o‘qitish shakllari, kimyo darslarida qo‘llash 
mumkin bo‘lgan usullar va ularning ahamiyati izohlanganligini, o‘quvchilar bilimini 
baholash bo‘yicha qator qimmatli fikrlar berilganligini qo‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 
Lekin kimyo fanini o‘qitish borasida qator kam tadqiq etilgan, ushbu yo‘nalishlar 
borligini ham ta’kidlash zarur: 1.Kimyo fanini o‘qitish jarayonining psixologik 
asoslari etarlicha tahlil qilinmagan, aynan ana shu yo‘nalishda kerakli tavsiyalar 
keraklicha ishlab chiqilmagan. Darsning samarali bo‘lishida o‘qituvchining o‘quvchi 
psixologiyasini chuqur bilishi, uning kayfiyatiga yaxshi ta’sir o‘tkazib, unda faqat 
ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirish orqari motivatsiyani oshirib, qiziqishni 
rivojlantiradigan texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqib, 
ulardan darslarda foydalanish lozim. 2.Bugungi kunda kimyo fanidan o‘quvchilar 
bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash va bartaraf etishning zamonaviy, samarali usullari 
kam o‘rganilgan. Darsning eng asosiy qismlari hisoblangan o‘tilgan va yangi mavzuni 
mustahkamlash jarayonida bir topshiriq doirasida ham kimyoviy qonuniyatni bilish, 
formuladan foydalanish, reaksiyalarni qo‘llash, ijodiy qobiliyatni ishga solishga va 
rivojlantirishga imkon beradigan “Intellekt xarita”, “Kvest”, “Matnli mantiqiy 
topshiriqlar”, “Swot-Tahlil”, “Keys-Study” kabi zamonaviy texnologiyalar va 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-1, January - 2023
 
205 
topshiriqlarni 
takomillashtirish. 
3. 
Darsda 
mavzuni 
tushuntirish 
uchun 
foydalaniladigan ko‘rgazmalarning va o‘quvchilar uchun tuzilgan topshiriqlarning 
chizmali, jadvalli, rasmli ko‘rinishlarini ishlab chiqish lozim [4;5-8]. CHunki aynan 
shunday ko‘rinishdagi topshiriqlar va ko‘rgazmalar xotirada uzoqroq saqlanishi va 
mavzuni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda kimyo 
fanining o‘qitilish holati tahlil qilinganda ular darslarda ko‘proq STEAM-ta’limi 
elementlaridan foydalanishlari aniqlandi. Bu yo‘nalishda bolalarni o‘qitishda ularga 
erkin, xuddi kattalardek munosabatda bo‘linadi, turli loyihalar va ko‘rgazmalar, 
lepbuklar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar beriladi. Loyiha va ko‘rgazmani mustaqil 
tayyorlash jarayonida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortadi
kreativ fikrlash jarayoni rivojlanadi [5; 11-14].

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin