Sana Sinf: 8
Fan: Odam va uning salomatligi
Dars mavzusi : Teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam O’quvchi soni: 30 nafar
Vaqt: 45 daqiqa.
Mavzuning annotatsiyasi. Darsda o’quvchilarga ma’lum bir biologik muammoni qo’yish orqali ularni fantaziya qilish, ilmiy gipotezalarni ilgari surish imkoniyatini “Ilmiy g’oya daqiqasi” da yaratib beriladi. Ular o’zlarining mushohadalari va ilgari surgan “ilmiy g’oyalari” bilan o’rtoqlashishlari orqali fanga qiziqishlari yanada ortadi. Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarni fan-texnika sohasida so’nggi ma’lum qilingan ilmiy kashfiyotlaridan xabardor qilib boradi
Dars shiori: Tanangiz a’zolarini tinglashni o’rganing, zero har bir a’zo o’z tani sihatligi haqida so’ylaydi,sizdan talab etiladigan narsa, olingan ma’lumotlar asosida aqlingizni ishga solib to’g’ri hulosa chiqarishdir.
Ta’limiy maqsadi:o’quvchilarga teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam xususida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam qoidalarini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsadi: Teri gigiyenasi, teri shikastlanganda birinchi yordam o’rganish orqali salomatlik haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.
Fanga oid kompetensiyalar: Biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi, Sog‘lom turmush tarzi kompetensiya
Kommunikativ kompetensiya: o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi;
mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.