“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-19, Issue-1, October- 2022 32 korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lgan,
biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o'ynaydigan ayrim
sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan taʼminlash
vazifalarini o'z zimmasiga oldi. Iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirishning birinchi
bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini
boshqarish va uni mulkchilikning boshka shakllariga aylantirish uchun kerak bo'lgan
muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish,
mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 - yillarga
to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o'rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirildi qimmatli hamda ularning aksiyalari respublika qog’ozlar bozorining
asosini tashkil etdi. Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik
xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq
turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida
hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va
qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga
ega. Bir tomondan, u aholining bo'sh turgan mablag’larini o'ziga jalb qilib, ularning
bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab
chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatni yuzaga keltirish
uchun sharoit yaratadi. Bu erda shuni taʼkidlash lozimki, xususiylashtirish
iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo'li
emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan,
shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar
ko'rinishidagi kichik va o'rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon
hisoblanadi. Respublika iqtisodiyoti 1996 - yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi boskichiga kirdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obʼektlar ro'yxatiga kirmagan barcha
obʼekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 - yilda
savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i
davlatga qarashli bo'lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy - joylarni xususiylashtirish
jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-
joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo'lib qoldi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to'rtinchi bosqichi (1998-2003 - yillar)ning
asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag'larni
yo'naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish,