“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-2, December - 2022 147 tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlarning kiritilmasligiga asosiy sabablar
quyidagilar hisoblanadi:
- tovar va xizmatlarning (uzum, shakar va shu kabilar) mavsum davomida narxi
keskin o‘zgarishi;
-tovar va xizmatlarning (masalan, import tovarlari) narx-navosi qisqa
muddatlarda tez-tez o‘zgarib turishi iqtisodiyotda shok ta'sirga egaligi;
- davlat tomonidan narx-navosi o‘rnatiladigan va tartibga solinadigan ayrim tovar
va xizmatlar (masalan, bug‘doy, paxta yog‘i)ning inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatishi.
Ochiq bozor operatsiyalari. Bunday operatsiyalar deganda nimani nazarda
tutamiz? Inglizcha ochiq bozordagi operatsiyalar “ Open market operations” jahon
amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib,
mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi.
Bunda, Markaziy bank oʼz mablagʼlari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qogʼozlarni
sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda
katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qogʼozlar ishtirok etadi. Ochiq bozordagi
operatsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar (АQSh, Аngliya, Germaniya,
Kanada va boshqalar)da XX asrning 40-yillarida davlat obligatsiyalari bozorining
nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali
pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga aylangan bo'lib, ushbu amaliyot bugungi
kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham
pul mablag'lariga bo'lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng
muhim dastakka aylandi. Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog’ozlarni xarid
qilish, ya’ni sotib olish orqali bank tizimi likvidligi miqdori oshiradi.Aksincha,
qimmatli qog’ozlar sotish esa teskari tasirga ega bo’lib, bu tijorat banklari likvidligini
qisqarishiga olib keladi. Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari
o’rtasida kechadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi haqida gaplashadigan bo’lsak, asosiy stavka
darajasi Markaziy bankboshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va
kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda
belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy
stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy
stavkani pasaytiradi. Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy
tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan
depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu
esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul
mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul
bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul