“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-2, December - 2022
146
1-rasm.
nomi…….
1
Bozor iqtisodiyotida tovar va xizmatlar narxi talab
va taklifdan kelib chiqib
shakllanadi. Ammo shunday tovar va xizmat turlari mavjudki, ularning narxlari davlat
tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solinadi. Iste'mol savatidagi ayrim tovar va xizmatlar
narxlari tartibga solinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy inflyatsiya darajasiga ta'sir etgani
uchun bunday tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar
bazaviy inflyatsiyani
hisoblashda qo‘llanilmaydi.
Shu bilan, bazaviy inflyatsiyani hisoblash maqsadida
iste'mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi. Bu holatni tahlil qiladigan bo’lsak
tabiiyki bizda: “nega ba’zi tovar va xizmatlar bazaviy inflayatsiyaga kiritilmaydi?”,
degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga esa quyidagicha javob beramiz:
Yuqorida
ta'kidlanganidek, narx-navosi tartibga solinadigan, qisqa muddatlarda o‘zgaruvchan
hamda mavsumiy tovar va xizmat narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani
hisoblashda inobatga olinmaydi. Bunday tovar va xizmatlarning bazaviy inflyatsiyaga
kiritilishi, yaqqol (sof) inflyatsiya darajasiga mutanosib ravishda aks etmasligi,
shuningdek, pul-kredit siyosati borasida olib borilgan choralarning ta'sirchanligini
baholashga imkon yaratmasligi mumkin.
Aynan bu tovar
va xizmatlarni bazaviy
inflyatsiyadan chiqarib tashlash, narxlari shok ta'sirida o‘zgaruvchi
tovar va
xizmatlarning dinamikasiga chalg‘imasdan pul-kredit siyosati choralarini umumiy
narxlarga ta'sirini ajratib olishda qo‘l keladi. Bazaviy inflyatsiyani hisoblashda bu kabi
1
manbasi