“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 84 Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining
shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Bu fan
umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviy va metodologik asoslaridan kelib
chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi
o’quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak
madaniyat va axloqni tarbiyalash bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda
qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o’qituvchisini boshlang’ich sinf o’quvchilari
jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to’g’risidagi bilimlar bilan
qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko’nikmasi hamda malakalarini
shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning
umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo’lib, jismoniy tarbiyalash
qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida
rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi doimo jismoniy tarbiya amaliyotiga tayangan holda
taraqqiy qiladi va takomillashib boradi. Uning metodologik asosi ana shu amaliy ilmiy
tadqiqot natijalarini o’zlashtirish orqali hamisha boyib boradi. Shuning uchun ham
jismoniy tarbiya predmeti qotib qolishi mumkin emas, u rivojlanib va mukammallashib
boradi. Yosh avlodni ongli, milliy g’ururli, yuksak madaniyatli qilib, ya’ni sog’lom,
baquvvat, chiniqqan, tadbirkor, o’z xarakatlarini yaxshi boshqara oladigan,
badantarbiya va sport mashg’ulotlarini sevadigan, har qanday vaziyatda ham o’zini tuta
biladigan va mustaqil xarakat qila oladigan, xayotda faol, ijodiy faoliyatga nisbatan
qobiliyatli qilib tarbiyalash jismoniy tarbiyaning muhim vazifasidir. Jismoniy tarbiya
nazariyasi maktab yoshidagi bolalarning har bir yosh bosqichidagi bolaning yashirin
imkoniyatlari qonuniyatlarini o’rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning
butun ta’lim-tarbiya majmuasi, ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko’nikma
va malakalar, jismoniy sifatlar, ba’zi sodda bilimlarni) ko’zda tutadi. Ularni
o’zlashtirish bolalarning kelajakdagi zaruriy harakat faoliyatlarini tez egallash
imkoniyatlarini ta’minlaydi. Shu bilan birga, dasturning bolalar tomonidan
o’zlashtirilishida qatiy izchillikka rioya qilinadi. Bunda bolaning yoshiga nisbatan
rivojlanish xususiyatlari va hayotining har bir bosqichidagi imkoniyatlari,
organizmning butun tizimlari (suyak-muskul, yuraktomir, nafas olish va boshqalar) va
organlari (boshqarish, eshitish, ko’rish, nutq va boshqalar) hisobga olinadi.
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalashda muhim komponent
hisoblanadi, ayni paytda u shu jarayonda aqliy va axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi
vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. O’quvchilar jismoniy tarbiyasini
uyushtirishning turli shakllari mavjud:
1)darslar;
2) sinfdan va maktabdan tashqari ishlar;