Reja: Kirish. Biotexnologiya fanining obektlari. Biotexnologiyaning tadqiqot uslublari. Biotexnologiyada ishlatiladigan anjomlar. Biotexnologiyani o’rganishda texnika xovsizligi Kirish



Yüklə 14,87 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü14,87 Kb.
#195709
  1   2
biotexnologiya obektlari

  • Mavzu: Biotexnologiya obektlari
  • Reja:
  •  
  • 1. Kirish.
  • 2. Biotexnologiya fanining obektlari.
  • 3. Biotexnologiyaning tadqiqot uslublari.
  • 3. Biotexnologiyada ishlatiladigan anjomlar.
  • 4.Biotexnologiyani o’rganishda texnika xovsizligi.
  • .
  • Kirish
  • Tirik organizmlarni majoziy ma'noda ixcham, murakkab, iqtisodiy tejamkor, o’z- o’zini boshqara oladigan, barqaror va faol biokimyoviy ishlab chiqarish uchun texnologik parametrlarni optimal saqlay oladigan sistema deb xarakterlash mumkin.
  • Biotexnologiya ob'ektlari: viruslardan tortib odamgacha bo’lgan barcha tirik organizmlarni o'z ichiga qamrab oladi. viruslarni organizm deb qabul qilish mumkin emas, biroq ularning irsiyati, moslashuvchanligi, o’zgaruvchanligi va boshqa xususiyatlariga ko’ra ularni jonli tabiat vakillari deb bemalol xisoblasa bo’ladi.
  • Biotexnologik jarayonlarda achitqi zamburug’lari, mikromisetlar, bakteriyalar va aktinomisetlar (shulali zamburug’lar) kabi mikroorganizmlardan foydalaniladi. Butun mavjudot mikroorganizmlarsiz yashay olmaydi, mikroorganizmlarning o’zi esa yashayveradi. Aytaylik, ovqat hazm qilish tizimida faol qatnashadigan mikroorganizmlar miqdori kamayib ketsa, disbakterioz va u bilan bog’liq boshqa kasalliklar ro’y beradi. Yana bir misol, tuprog’i sterillangan, ya’ni mikroblari o’ldirilgan tuvaklarga o’simlik o’tkazib barcha kerakli mineral o’g’itlarni ham sterillangan holda solsangiz, ko’chat 4-5 kundayoq so’lib qoladi.
  • XXI - asrga zamonaviy biotexnologiya ulkan yutuqlar bilan kirib keldi. Inson genomining to’la o’qilishi, oldindan rejalashtirilgan xususuyatlarga ega bo’lgan shtammlarni yarata bilish, qarimaslik sirlarini ochish sari intilish, bir so’z bilan aytganda abadiylikka intilish bugungi kun fani yutuqlari oldida afsona emasligi hammaga ma’lumdir.
  • O’tgan asrning 80 - 90 yillaridan boshlab, dunyo olimlarining “XXI - asr biotexnologiya asri” bo’ladi degan bashoratomo’z so’zlari bejiz emasligi ko’plab misollar bilan o’z tasdig’ini topmoqda.
  • Rivojlangan, zamonaviy biotexnologiya fanining asosida uning ulkan yutuqlarining manbai bo’lmish mikroorganizmlar dunyosi yotadi. SHunday ekan erishilgan yutuqlarda ko’z ilg’amas, jajji organizmlarning ham o’z o’rni bor albatta.
  • Keling, endi ushbu tarmoqlarning respublikamizda rivojlanishi uchun nimalarga e’tibor berishimiz lozimligi haqida fikr yuritaylik. Dastlab, e’tiborimizni butun jahon diqqat e’tiborida turgan oqsil muammosiga qaratmoqchimiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra: dunyoda oqsil tanqisligi yiliga deyarli 12 -15 mln. tonnani tashkil etadi. Bu bilan bog’liq bo’lgan quyidagi ma’lumotlar sizlarni befarq qoldirmaydi deb o’ylaymiz:
  • Dunyo bo’yicha 850 mln. dan ortiq kishi oqisilga muhtoj, shundan 200 mln. dan ortiqrog’i 5 yoshda bo’lgan bolalardir. 50 mln. dan ortiq kishi ochlikdan vafot etadi, ulardan 40 mln dan ortiqrog’i yosh bolalardir. 1 sutkada o’rtacha 11000 yosh bola hayotdan ko’z yumadi. Albatta keltirilgan jumlalar har bir insonni larzaga solmay qo’ymaydi
  • Mikrob biotexnologiya sanoati taklif etayotgan oziqa achitqisi V guruhi vitaminlarining ham manba bo’lib hisoblanadi.
  • Ma’lumki, chorva mollari uchun zarur bo’lgan vitaminlardan hatto birortasi etishmagan taqdirda ham ular me’yoridagidek rivojlana olmaydi. Modda va energiya almashinuvi buzilib, organizmning himoya kuchi zaiflashadi. O’simlik oziqasida esa vitamin kam bo’ladi va hatto bor vitaminlar ham ularni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash vaqtida tez buziladi, ayrim hayotiy vitaminlar esa o’simliklarda umuman hosil bo’lmaydi.
  • Oziqa achitqisi tarkibida arpa, suli, no’xat va soyaga nisbatan - ribofelavin (V2) miqdori 20 - 75 marta, pentaten kislotasi (V3 vitamini) 5 - 10 marta, kolin (V4) esa 2 - 6 marta ko’p bo’ladi. Bu vitaminlar hayvon organizmda aminokislotalar almashinuvida, o’simlik oziqasidagi proteindan foydalanish va oqsil biosintezida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
  • SHuni ham ta’kidlash lozimki oziqa achitqisida B12 (sianokobalamin) vitamini bo’lmaydi. U o’simliklarda ham sintez bo’lmaydi. Uni faqat odam va hayvonlar ichagida yashovchi bakteriyalar va aktinomisetlar hosl qiladi. CHo’chqalar, parrandalar va yosh qoramolllarda bu vitamin juda kam hosil bo’ladi.
  • SHu bilan birga B12 vitamini qon hosil bo’lishda, metionin, holin, nuklein kislotalar sintezida, oqsil, yog’lar va uglevodlarning almashuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. B12 vitamini etishmasligi jo’jalar, cho’chqa bolalari, qo’zichoq va yangi tug’ilgan buzoqlarning o’sishidan qolishiga, kasallanishiga va o’limiga olib keladi, hamda chorva mollari maxsuldorligini kamaytirib, o’simlik oziqasi oqsilining hazm bo’lishini qiyinlashtiradi.
  • SHuning uchun rasionga unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda B12 vitamini qo’shish (1 tonna oziqa hisobiga bor yo’g’i 0,015 - 0,025 gramm) qo’shish ajoyib natijalar berib, yuqoridagi barcha ko’ngilsizliklar oldi olinadi.
  • Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tom on bu alohida hujayradan o’simlik regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. Shuning uchun ham in vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir.
  • O’simliklardan ajratib olingan to’qimlarni o’stirishga xarakat ancha uzoqlardan ma’lum. Bu metodni rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo’lib o’rganish mumkin:
  • Mikrobiologiya sanoatida esa B12 vitaminini aseton butil ishlab chiqarishdagi chiqindilarni metanobakteriyalar bilan achitish orqali olish mumkin.
  • Bundan tashqari chorvachilikda mikrobiologiya sanoatining ajoyib maxsuloti - fermentli preparatlardan foydalanib qo’shimcha go’sht va sut etishtirish mumkin. Rasion tarkibiga qo’shilgan ferment preparatlari tirik organizmga, ayniqsa ular ancha yosh bo’lganda, oziqa moddalarining yaxshi hazm bo’lishida yordam beradi. SHu tufayli cho’chqa bolalari, buzoqlar va qo’zichoqlar o’sishida yordam beradi. Ularning o’rta sutkali vazni 10-12% ga ortadi, oziqa sarfi tejaladi. Biroq bu hali hammasi emas. YAxshi oziqa massasini sut achituvchi bakteriyalar hosil qiladigan sut kislotasi bilan qishga silos tayyorlash, konservalash mumkin. Demak, chorvachilikni rivojlantirishning eng muhim tomonlaridan biri - bu oziqa sifatida takomillashtirishdadir.
  • Biz shu paytgacha mikroorganizmlarni foydali tomonlari chorvachilik oziqa rasionini boyitish yo’llari haqida hikoya qildik. Endi esa bakteriyalar va zamburug’lardan foydalangan holda odamning ovqatlanish rasionini takomillashtirishga e’tiborimizni qaratmoqchimiz.G’alla va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish uchun qanchalik kuch g’ayrat va mehnat sarf qilinishi hech kimga sir emas. Shuningdek, chorvachilikda ham buni ko’rish mumkin. Misol tariqasida quyidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz: Har bir tonna hayvon oqsili sintezi uchun kamida 4,8-4,9 tonna oson hazm bo’ladigan oziqa oqsili sarf qilishga to’g’ri keladi. Agar biz is’temol qiladigan hayvon maxsulotlarini alohida olib ko’radigan bo’lsak, quyidagi manzara namoyon bo’ladi: 1 t sut oqsilini tayyorlash uchun 3,8­4,0 t: tuxum oqsili uchun - 3,9-4,1 t: parranda go’shti oqsili uchun 4,5-4,7 t: mol go’shti oqsili uchun esa 9,3-9,7 t hisobiga oziqa oqsili sarflanishi aniqlangan.
  • IV-bosqich (1932 — 1940 yillar), fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog’liq. U, in vitro sharoitida o’simlik to’qimalarini vaqti- vaqti bilan toza ozuqa muhitiga ko’chirib turish orqali uzoq vaqt o ’stirish mumkinligini namoyish qilgan. Bu yangilik, to ’qimalar texnologiyasini rivojlanishiga katta xissa qo’shdi va o’stirishga qo’yiladigan o’simliklar soni juda ham kpaydi.
  • V-bosqich (1940 —1960 yillar). 1955 yilda yangi sinfga mansub fitogormon - sitokininlarni ixtiro qilinishi, (xususan kinetinni) hujayralarni bo ’linishini kuchaytirish imkonini yaratadi. O’sishni kuchaytiruvchi moddalarni miqdori va ularni nisbatiga qarab, eksplant hujayrasini bo’linishini kuchaytirish, kallus to’qimalarni o’sishini muhoxaza qilish, morfogenezni mndusirovat qilish mumkin ekanligi namoyish etildi.SHu davrda kakosyong’og’ini, kashtan, makkajo ’xori va boshqa o ’simliklar endospermalarini hujayrani o ’sishi, morgenez jarayonlari (kallus to ’qima va hujayra suspenziyasida)ga ijobiy ta ’sir ko ’rsatishi aniqlashgan.
  • VI-bosqich (1960 — 1975 yillar). Bu davrni eng muhim voqeasi Nottingen universiteti professori E.K.Kokking tomonidan fermentativ yo’l bilan pomidorini ildizi va mevasidan protoplastlar olinishi va ularni nazorat qilinib turilgan sharoitda o’stirilganligi bo’lgan. Keyinroq shu laboratoriyadaPauer o’zini shogirdlari bilanprotoplastlarni sun’iy qo’shilish sharoitlarini yaratishgan. Bu esa, somotik gibridlar yaratishda yangi yo ’l bo ’lib xizmat qilgan. O ’sha davrda yaratilgan yana bir usul - bu o’simliklarni in vitro sharoitida meristin kulturalar ishlatib mikro ko ’paytirishdir. Dastlab bu usul fransuz olimi J.Morel tomonidan orxidey o’simligini sog’lom ko’chatini olish maqsadida yaratilgan.
  • Biotehnologiyaning tadqiqot uslublari
  • Barcha bioob’ektlarni bir butun o’zgartirmasdan ayrim qismini o’zgartirib bo’lmaydi. Ushbu
  • Biotehnologiya jarayonlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:
  • 1). Biologik- eukariotlar, prokariotlardan foydalanish
  • 2). Biokimyoviy-jarayonlar fermentlardan foygalanishga asoslangan.
  • 3). Bioanalog- Uchinchi guruh biotehnologiya jarayonlariga esa tirik organizmlar moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlarni kimyoviy yo'l bilan sintez qilish kiradi
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin