“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-1, November - 2022 133 kerakli konsentrasiyali eritma tayyorlanadi, aniq (titri) konsentrasiyasini esa, biron
to’g’ri keladigan boshqa birlamchi standart eritma bilan titrlab aniqlanadi.
Titri boshqa eritma yordamida titrlash usuli bilan topilgan eritmalar titri
aniqlangan eritmalar yoki ikkilamchi standart eritmalar deyiladi.
Titrlash jarayonida рН ning ma`lum qiymatda ekvivalent nuqtaga erishilgach
titrlash to’xtatiladi. Neytrallash reaksiyasi qandaydir tashqi o’zgarish bilan ketmaydi,
shuning uchun ekvivalent nuqta-titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun maxsus
indikatorlar ishlatiladi. Titrlash uchun yangi tayyorlangan ishqor eritmasi kerak
bo’ladi. Uni tayyorlash uchun analitik tarozida 4 gramm natriy gidroksid o’lchab
olinadi va 1 litrli o’lchov kolbadiga solinib, ustiga to belgilangan qismigacha
distlllangan suv quyiladi va aralashtirilib eritiladi, natijada 0,1n NaOH eritmasi tayyor
bo’ladi. Indikator sifatida fenolftalein eritmasi ishlatiladi.
Non tayyorlash jarayonida xamir achishi natijasida nonda sirka va sut kislotalari
hosil bo’ladi, uning mazasini kislotaliligi belgilaydi. Nonning kislotaliligi graduslarda
ifodalanadi. Masalan: qora nonda – 12
0
, bug’doy unidan tayyorlangan nonda – 6
0
dan
yuqori bo’lmasligi kerak. Kislotaliligi 1
0
bo’lgan 100 g non tarkibidagi kislotani
neytrallash uchun 0,1 n NaOH eritmasidan 1 ml sarf bo’lishi kerak.
Aniqlash tartibi: 500 ml konussimon kolbaga analitik tarozida o’lchab olingan
50 g qora nonni maydalab solinadi, ustiga 200 ml issiq distillangan suv qo’shib
aralashtiriladi va yana 50 ml distillangan suv qo’shiladi. Tindirish uchun bir necha soat
og’zini berkitib qo’yib quyiladi. Bir soatdan keyin tindirilgan eritmaning ustki tiniq
qismidan pipetka yordamida 50 ml olinadi, ustiga 2-3 tomchi fenolftalein tomizilib 0,1
n NaOH eritmasi bilan och pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi.
Qora nonning ivishidan hosil bo’lgan 50 ml suyuqlikni (vityajka) titrlash uchun
NaOH eritmasining 0,1 n eritmasidan 7,2 ml sarf bo’ladi. 250,0 ml uchun esa: 50
ml
7, 2 ml
250,0 ml
х
36
50
2
,
7
250
х ml
50 g qora non tarkibidagi kislotani neytrallash uchun 36 ml 0,1 n NaOH eritmasi
sarf bo’lsa, 100 g qora nondagi kislotani neytrallash uchun 2 marta ko’p 72,0 ml 0,1 n
NaOH eritmasidan sarf bo’ladi.
Demak, tekshirilgan qora nonning kislotaliligi 7,2
0
. Davlat standarti bo’yicha qora
nonning kislotaliligi 12
0
dan oshmasligi kerak.
Foizlarda hisoblanganda,
12
0
100%
7,2
0
х
%
60
12
100
2
,
7
х