“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-19, Issue-1, October- 2022 106 agregatlarining, shu jumladan, plugli agregatlarning ko‘p marta ishlatilishiga olib
keladi. Natijada, tuproq ustki qatlamining uvalanib changga aylanishi, pastki
qatlamining esa zichlanishi kuchayadi. Bundan tashqari, plug bilan yillar davomida bir
xil chuqurlikda ishlov berilganda shudgor tubida o‘ta zichlangan «plug tovoni» paydo
bo‘lib, ekin ildizining rivojlanishiga va suvning shimilishiga to‘sqinlik qiladi [2].
Har yili ekin ekiladigan yerlarni kuzgi shudgorlashda hamda bo‘sh yerlarni
birinchi marta shudgorlashda chimqirqar (yoki burchakqirqar) o‘rnatilgan plugdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sochilgan go‘ngni ko‘mish uchun chimqirqarsiz
plug ishlatiladi. Serildiz joylarda palaxsani ag‘darib, uni maydalashga intilmasdan
shudgorlash kerak (kesaklar boshqa qurollar yordamida keyinchalik maydalanadi).
Sertosh yerlar saqlagichli plug bilan haydaladi. Tuproqning namligi 16–18 foiz
bo‘lganda yer 20 sm (makkajo‘xori va paxta uchun kamida 30 sm) chuqurlikda
shudgorlanadi. Yillar davomida bir xil chuqurlikda haydash natijasida hosil bo‘lgan
«plug tovoni»ni buzish uchun har 2–3 yilda chuqurlatkich bilan ishlov berish talab
qilinadi.
Pluglar vazifasi, traktorga ulanish usuli, tuzilishi, korpuslar soni va mo‘ljallangan
ish tezligiga qarab har xil turlarga bo‘linadi. Tuproqqa asosiy ishlov beradigan har
qanday plug rama , korpus, g‘ildiraklar, chimqirqar va boshqa qismlardan tuzilgan.
Pluglarning ishchi qismi: pichoq, chimqirqar, asosiy korpusdan iborat. Pichoq
shudgorlanayotgan yerni tik tekislikda ma’lum chuqurlikda kesib ketadi. Asosiy
korpus esa to‘rtburchakka o‘xshagan tuproq palaxsasini o‘ng tomonga surib ag‘daradi.
Agar yerning ustki qatlami serildiz bo‘lsa, asosiy korpus oldiga chimqirqar o‘rnatiladi.
U palaxsaning bo‘lagini ajratib olib, shudgor tubiga tashlaydi. Palaxsaning o‘z joyida
qolgan L shaklidagi qismini asosiy korpus shudgor tubidan ajratib olib, ilgari
to‘ntarilgan
qismining
ustiga
ag‘darib,
ko‘mib
ketadi
(1-rasm).
Agrotexnik talab bo’yicha shudgorlash chuqurligi ko’pi bilan, ±5 % dan
oshmasligi, plugning qamrov kengligi konstruktiv kengligiga nisbatan ±10 foizdan
ortiq farq qilmasligi lozim. Shudgorlash natijasida o‘simlik qoldiqlari va sochilgan
go‘ng to‘liq ko‘milishi shart. Har bir korpus ag‘dargan palaxsalardan paydo bo‘ladigan
do‘ngchalar balandligi 5 sm dan oshmasligi, shudgorlangan joylarda baland tuproq
uyumlari va o‘ta keng ochilgan marzalar bo‘lmasligi kerak [3, 4].