“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-32, Issue-1, April - 2023 129 Bir yil o’tgach,Uellsning assistenti Uilyam Tomas Grin Morton xuddi shu
klinikada jag’ osti o’smasini olib tashlash operatsiyasida efirli narkozning
“ilk”ommaviy taqdimotini o’tkazgan va katta shon-shuhratga sazovor bo’lgan.
Hammaning esidan chiqib ketgan Xoras Uells esa1848-yilda xloroform bilan nafas
olgan holda,son arteriyasi o’tgan joyda chuqur kesma o’tkazib,o’z joniga qasd qiladi.
Bu narkoz holatidagi o’z joniga qasd qilishning ilk va ehtimol,yagona hodisasidir.
Rossiyada efirli narkoz dastlab 1847-yil 7-fevral F.I.Inozemtsev tomonidan
qo’llanilgan,bir hafta o’tkach esa 14-fevralda rus olimi va shifokori Nikolay Ivanovich
Pirogov og’riqni qoldirish uchun operatsiya paytida uni qo’llagan. Xuddi shu yili
shotlandiyalik akusher J.Simpson ilk bor xloroformni tug’ish paytida narkoz uchun
ishlatgan.
Narkoz – markaziy asab tizimini sun’iy ravishda chaqirilgan qaytar tormozlanish
holati bo’lib,bunda tush ko’rish,es va hushni yo’qotish(amneziya),skelet mushaklarini
bo’shashishi,ayrim reflekslarni pasayishi yoki yo’qolib qolishi kuzatiladi,hamda og’riq
xissi yo’qoladi(umumiy og’riqsizlantirish yuzaga keladi). Bunday holat bir yoki bir
necha anestetiklar ta’siri ostida yuzaga keladi.
Narkoz uchun vositalar markaziy asab tizimidagi qo’zg’lishlarning
neyronlararo(sinaptik) yetkazilishini ma’lum vaqtgacha cheklab qo’yadi. Bunda
afferent impulslarni uzatilishi buziladi,”qobiq va qobiqosti”o’zaro munosabatlar,ya’ni
oraliq,o’rta va orqa miya funksiyasi o’zgaradiki,bu narkoz holatini yuzaga kelishiga
sabab bo’ladi. Narkozning asosiy maqsadi – organizmning operativ muolajalarga
bo’lgan tezkor javob reaksiyasini va eng avvalo,og’riq hissini susyatirishdan iborat.
Birinchi
og’riqni
qoldiruvchi
dori
vositalari
giyohvand
moddalardan(afyun,nasha,mingdevona,stikuma va hk)tarkib topgan turli xil
o’simliklardan tayyorlangan damlamalar yoki qaynatmalardan iborat bo’lgan.
Enteral narkoz – yuborish usuli bo’yicha rektal va og’iz orqali yuboriladigan
narkozlarga bo’linadi. Parenteral narkoz – vena ichiga yuboriladi. Kombinatsiyalangan
narkoz – harakatsizlantirish,hushni vaqtinchalik uzib qo’yish bilan kechadi.
Etika – axloqiy me’yorlar to’plami. Deontologiya – tibbiy mutaxassislarning o’z
vazifalarini bajarishdagi axloqiy me’yorlar majmuasi. Narkoz qilishda bu har ikkala
belgiga ahamiyat berib also sedan chiqarmaslik lozim. Narkoz qilishda xato qilish
odamning umrini tugatishni tezlashtirishi mumkin. Umumiy narkoz – sun’iy tarzda
markaziy asab tizimining faoliyatini susaytirish bo’lib, bunda bemor chuqur uyqu
holatida bo’ladi va bu jarayon qayta orqaga qaytarilishi mumkin. Narkozda kishi hech
narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman
yo’qoladi, reflekslarning ayrim turlari ham yo’qoladi. Mahalliy narkoz – –inson