“pedagogs” international research journal issn



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149563
  1   2   3
128-130



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-32, Issue-1, April - 2023
 
128
NARKOZ 

Jumaboyeva Lola 
Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti talabasi 
 
Annotatsiya: 
Narkoz vujudga kelish tarixi va unga kimlar asos solgani; Narkoz 
haqida umumiy tushunchalar va uning turlari; Narkoz xatosining oqibatlari; 
Narkozning tibbiyotda va etikada tutgan o’rni hamda mohiyati; Narkoz ta’siri va undan 
keyingi oqibatlar. 
Kalit so’zlar:
Narkoz tarixi, narkoz haqida tushuncha, Raymond Lulliy, 
Paratsels, Xoras Uells,U ilyam Tomas Grin Morton, F.I.Inozemtsev, J,Simpson qilgan 
ishlari va kashfiyotlari, enteral va parenteral narkoz, kombinatsiyalangan narkoz
umumiy narkoz, mahalliy narkoz, narkoz etikasi. 
 
Kirish: 
Ming yillar davomida jarrohlar san’ati yengib bo’lmaydigan to’siqlarga 
duch keldi – jarrohlik aralashuvda bemorlarga keltirgan chidab bo’lmas og’riq. 
Operativ behushlikning eng qadimgi ta’riflari Mesopotamiyada miloddan avvalgi 
3400-yillarda qilingan,ammo ularning ishonchliligi munozarali masala bo’lib 
qolmoqda. Bemorni behushlik qilishga urinishlarning aniq belgisi “Eng qadimiy 
farmakopediya”da mavjud – miloddan avvalgi III ming yillikning oxiriga oid mixxat 
yozuvi,Shumer Nippuridagi qazishmalar paytida topilgan Mesopotamiya shifokorlari 
morfin va kodeinni o’z ichiga olgan gipnoz ko’knorining infuziyalari va 
damlamalaridan foydalanganlar. Tegishli preparatlar “hul gil”(so’zma-so’z - “zavq 
o’simlik”) deb nomlangan. Shumerliklar bu texnikani Bobilliklar,keyin esa Yaqin
Sharqdagi qo’shnilari,jumladan,farslar va misrliklar meros qilib olganlar. 
Shuningdek,ushbu mintaqada jarrohlar tomonidan spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 
haqida dalillar mavjud. 
Dietil efiri XIII asrda ispan faylasufi va alkimyogari Raymond Lulliy tomonidan 
ochilgan. Biroq, uning og’riqni qoldiruvchi xususiyatlari faqat 1540-yilda Paratsels 
tomonidan ta’riflangan. 1845-yilda Boston shifoxonasida (AQSH) stomatology Xoras 
Uells jarrohlik operatsiyasini og’riqsiz o’tkazishga imkon beruvchi “ko’ngilni 
ko’taruvchi gaz” ning o’ziga xos xususiyatlarini ochganligi haqida ilk bor chiqish 
qilgan. Bunda Uells yangi usulni tishni sug’irib tashlash misolida namoyish qilgan. 
Biroq gaz dozasi noto’g’ri hisoblanganligi sababli,namoyish muvaffaqiyatli 
chiqmagan. 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin