“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-2, December - 2022 173 hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi
haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik diniy, qarashlari va
tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit
umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar
to’g’risida qancha ko’p ma’lumotlarga, bilimga ega bo’lsa, ularning dunyoqarashi ham
shu darajada mukammal va puxta bo’ladi. Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy
dunyoqarash turlicha buladi. Turli kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega bo’ladi.
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar
turkumini hosil qiladigan ularni muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar,
ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadidan kelib chiqib, baholaydigan va shunga qarab
hayotdagi o’z o’rnini, amaliy faoliyat yo’nalishlarini , maqsadlarini aniqlab olishga
imkoniyat beradigan ko’p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Birinchisini, kishilarning kundalik
hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar,
tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to’plangan nazariy
bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy
bog’langan bulib, bir-birini to’ldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va
u ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo’sini
mustahamlanmasa, milliy istiqlol g’oyasi, mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa
katta o’zgarish sodir bo’lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri
kishilarning eskicha dunyoqarashini o’zgartirish iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda
fikrlashni o’rgatish, mustaqillikni mustahkamlashda o’z haq - huquqlarini anglab olish
va noo’xshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan
iborat.
Milliy ong va mafkurani shakllantirish xozirgi kun talabi ekan, bu tushunchalar
mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur.
Ongni arabcha «aql» so’zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin
ong va aql iboralari o’rtasida farqlar ham bor.
Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan
ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. «Odam
onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy,
siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui
hisoblanadi»1
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri,
turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa
xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy
va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. «Milliy ong - O’zbekiston