“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-2, December - 2022 174 mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr
talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda
ta’lim-tarbiya muassasalarining roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura»
- nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui), jamiyatdagi muayyan siyosiy,huquqiy,
axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui.
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-
siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun
tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy
tayanch bo’lib xizmat qilishidir. O’quvchilarga ta’limtarbiya berish vazifalaridan biri
ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda
maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti — o’quvchini Shaxs sifatida
muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan
bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini
belgilaydi:
tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini
ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni
o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini
bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi;
til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til
tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi;
til va tafakkur atrofimizni o’rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir.
Tafakkur
tashqi
dunyoning
tushunchadagi
ifodasi
hisoblanadi.
So’z
tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Dunyoda yo’q narsa ongda ham,
tilda ham bo’lmaydi. Bu holat o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini
tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o’rab olgan muhitni,
voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o’rganilishini
belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalaridan biriga,
ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob
tayyorlash hisoblanadi; materiya - birlamchi, ong - ikkilamchi degan
tushunchadan o’quvchilarning xabardor bo’lishiga yordam beradi;
til - barcha tomonlari o’zaro dialektik bog’lanishda va birlikda bo’lgan murakkab,
ko’p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha
jihatlari birbiriga o’zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o’zining aloqa
quroli vazifasini bajara oladi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan
material alohida qimmatga ega. Materialning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi
o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, histuyg’ulariga ta’sir etadi, atrofmuhit haqidagi
bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi,