“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-2, December - 2022
125
INGLIZ TILIDA QOBILIYATNI VA IMKONIYATNI IFODALOVCHI
MODAL FE’LLAR VA ULARNING IFODA VOSITALARI
Raximova Ma’mura Baxtiyorovna
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
1I kurs magistranti
Ilmiy rahbar:
PhD Jalolova Shahnoza
Muhamedjanovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada muallif tomonidan chuqur tadqiqot olib borilgan
holda, ingliz tilidagi qobiliyat va imkoniyatni ifodalovchi modal fe’llar hamda ularning
ifoda vositalari , o’ziga xos xususiyatlari haqida tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Morfologik usul, semi modals,
perfekt infinitiv, leksik -
grammatik usul, ekvivalentlik, sinonimlik.
Ingliz tilida Modal fe’llar keng qamrovli tushuncha bo’lib, olimlar tomonidan hali
hamon izlanishlar olib borilmoqda. Shunga qaramay bu
sohada muhokama qilinishi
asos bo’la oladigan jihatlar talaygina. Ushbu maqola orqali esa ingliz tilidagi qobiliyat
va imkoniyatni ifodalovchi modal fe’llar hamda ularning ifoda vositalari , o’ziga xos
xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Ingliz tilidagi modal fe'llar ko'pincha modallikni ifodalashda ishlatilgan
yordamchi fe'llarning kichik bir guruhidir. Ular boshqa fe'llardan o'zlarining
nuqsonsizligi bilan ajratiladi (ular sifatdosh va infinitiv shakllariga ega emas) va
ma'lumki ular oxirida III - shaxs birlikda - (e) s qo'shimchasini olmaydi. Asosiy ingliz
modal fe'llari can, could, may, might, will, would, shall va should lardir. Aniqki boshqa
fe'llar ba'zan, har doim emas, modallar kabi turkumlanadi; ular quyidagilar: ought, had
better, dare va need. Fe'llar barcha asosiy modal fe'llarining hususiyatini aks ettirmaydi
va ular ba'zan "semi modals" deb ataladi. Modal fe'llardan keyin kelgan mustaqil fe'l
infinitiv formasida to yuklamasisiz ishlatiladi. Lekin ba'zi bir modal fe'llar
bundan
mustasno holatlari mavjud misol uchun ought. Modal fe'llarning ayrimlari ikkita
zamon formasida: can -could, may -might, shall - should, will - would boshqalari esa
faqat bitta o'zgarmas shaklda keladi: must, ought, need kabilarni sanab o'tishimiz
mumkin. Can(could) modal fe'li Simple Infinitive bilan kelib, ish - harakatni bajarish
imkoniyatini,
mumkinligini, qobiliyatini ifodalaydi, hozirgi
va kelasi zamon uchun
ishlatiladi.