Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix04.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#107221
1   2   3
275-277

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-2, Issue-2, January–2022
 
276 
Tanib oldim buvimni, 
Ko‘zi charos jo‘jaman. 
O‘qituvchi bu so‘zning ma`nosini quyidagicha izohlaydi: “O‘quvchilar, charos 
so‘zi aslida o‘rtapishar, yumaloq, qora rangli uzumni bildiradi. Bu she`rda esa u 
ko‘chma ma`noda qo‘llangan bo‘lib, go‘zal, qop-qora degan ma`noni ifodalayapti. 
CHunki chiroyli, qop-qora ko‘z charosga o‘xshaydi”; 
3) o‘quvchilarga shu so‘zni ko‘chma ma`noda qo‘llab gap tuzishni topshirish. 
Bunday topshiriqni bajarish orqali o‘quvchi o‘z nutqida so‘zni ko‘chma ma`noda 
qo‘llashni o‘rganadi. Bu esa o‘quvchi nutqini go‘zal va ta`sirchan qiladi. 
3. Ma`lumki, har bir so‘z boshqa so‘zlar bilan o‘ziga xos birikuvchanlik 
xususiyatiga ega. CHunonchi kishnamoq so‘zi ot so‘zi bilan, hurmoq so‘zi it so‘zi 
bilan, sayramoq so‘zi bulbul, sa`va, bedana kabi so‘zlar bilan birika oladi. Hatto 
ma`nodosh so‘zlar ham birikuvchanlik xususiyati bilan bir-biridan farq qiladi. 
Masalan, qo‘yning bolasi deb bo‘ladi-yu, qo‘yning farzandi deb bo‘lmaydi. Nutqda 
so‘zlarning birikuvchanlik xususiyatining buzilishi mantiqsizlikni keltirib chiqaradi. 
SHoir Q. Qo‘chqorbekov qalamiga mansub “Xatoimni tuzating” she`rida badiiy 
maqsadni amalga oshirish uchun so‘zlarning birikuvchanlik xususiyati atayin 
buzilgan holda qo‘llangan: 
Qag‘illadi mushugim, 
Qarg‘acham miyovladi. 
Tom ustida turib jim 
Sichqon mushuk ovladi. 
It qog‘illab, tovug‘im 
Birovga hura ketdi. 
Quyonim tug‘di tuxum, 
Anhor yugura ketdi. 
O‘quvchilar she`rdagi xato qo‘llangan so‘zlarni topib, tuzatadi. Bunday she`rlar 
o‘quvchilarga so‘zning birikuvchanlik xususiyatini o‘rgatishda juda samarali vosita 
bo‘lib xizmat qiladi va badiiy zavq bag‘ishlaydi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin