Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix04.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#107221
1   2   3
275-277

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-2, Issue-2, January–2022
 
277 
SHunday qilib, o‘quvchilar badiiy matnlarni o‘qish jarayonida so‘zlarning 
birikuvchanlik xususiyatini ham bilib oladi. Bu esa o‘quvchilar nutqining mantiqan 
to‘g‘ri va aniq tuzilishini ta`minlaydi. 
4. O‘qish kitobidagi badiiy matnlarda ancha-muncha iboralar ham uchraydi. 
Misol tariqasida badiiy matnlardan olingan tariqasida quyidagi jumlalarni olib 
qaraymiz: 
Ko‘zimiz ochilib, bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik.(S.Barnoev, 
Mangulikka tatigulik kun) 
Mehnatda qotsa ham suyaging, 
Hech erga tegmasin kuraging. (A. Oripov, Iqboli buyuksan) 
Bu parchalarda ko‘zi ochilmoq, suyagi qotmoq, kuragi erga tegmoq kabi iboralar 
qo‘llangan. O‘qituvchi o‘qish darslarida iboralar ma`nosini izohlash bilan 
kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular ishtirokida gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bu holda o‘quvchilarda iboradan o‘z nutqida foydalanish 
ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Iboradan foydalanish esa o‘quvchilar nutqini obrazli va 
ta`sirchan qiladi. 
5. O‘qish kitobi darsliklariga maqollar ham kiritilgan. Ma`lumki, maqol 
nutqimizning ko‘rki bo‘lib, fikrni lo‘nda, obrazli va asosli ifodalash vositasidir. 
O‘qish darslarida maqollar ma`nosini izohlash bilan birga ma`lum bir xalq maqolini 
uning boshqa varianti bilan almashtirish, nutq sharoitidan kelib chiqib uning mosini 
qo‘llash kabi amaliy ishlar bolalar nutqining rivojlanishiga samarali ta`sir ko‘rsatadi.
6. O‘qish kitobi darsliklariga kiritilgan badiiy va ilmiy ommabop matnlarni 
o‘qib o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilar badiiy va ilmiy nutq uslublarining o‘ziga 
xos xususiyatini bilib oladi. Bu matnlar vositasida o‘quvchiga badiiiy va ilmiy 
uslubda matn tuzishni o‘rgatish mumkin. Buning uchun ularga o‘qish kitobidagi 
badiiy va ilmiy ommabop matnlar mavzusida ko‘proq bayon va insho yozdirib turish 
lozim. 
Xulosa qilib aytganda, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish 
uchun turli-tuman imkoniyatlar mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu 
imkoniyatlardan samarali foydalanishi lozim.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin