Yangi O’zbekiston odamlardan yangicha fikrlashni, o'z-o'zini milliy jihatdan anglab yetishni, mustaqil tafakkurga ega bo'lishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko'p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning yechilishi bilan bog'liq. Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak e'tiqodli, ma'naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,
professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko'nikma va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati beqiyosdir.
Jahon mutaffakkirlari Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda psixologik g'oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Asta - sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko'rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo'llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida stress haqidagi tushuncha maydonga keldi.
Stress - keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik – [turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, xavfli vaziyat tug'ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to'g'ri kelganda vujudga keladigan harakatdir.]1 Stress holatining paydo bo'lishi va o'tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sudyalar, korxona rahbarlari, o'quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir.
[Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo'lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. Yuksak hislar o'z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi.
Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, intellektual, estetik hislarga ajratiladi.]1 Ayni paytda stress maktab o’quvchisidan tortib oliy martabali davlat xizmatchisigacha, uy bekasidan to quruvchi yo sotuvchigacha deyarli har kimga tanish. Stress bu favqulodda ta’sir qo’zg’atuvchi harakatlar ostida organizmning umumiy zo’riqish holati va azali himoya reaksiyasining paydo bo’lishidir. Oddiyroq qilib aytadigan bo’lsak, inglizcha so’z bo’lib tanglik, zo’riqish, bosim degan ma’nolarni bildiradi. Bu holat g’ayrioddiy vaziyatlardan kelib chiqqan hissiy holatdir. Og’ir stress psixikaga va umuman sog’likka salbiy ta’sir qiladi, xatti harakatlarning buzulishiga olib keladi, xotira, idrok, e’tibor, fikrlash va harakatlarni muvofiqlashtirishni buzadi. Inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Shuni aytishim mumkinki, agar stress haddan tashqari ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yuqotadi. Stressning paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq.
[Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi(yurak – qon tomir, oshqozon- ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi.
STRESS ALOMATLARI
Doimiy bezovtalik, tushkunlik holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.
Yomon, notinch uyqu.
Jismoniy zaiflik, bosh og’rig’i, charchoq,
Diqqatning kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.
Boshqalarga, hatto eng yaxshi do’stlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning yo’qligi va yuqolishi.
Doimiy paydo bo’ladigan yig’lash, ko’z yosh to’kish, xafagarchilik, umidsizlik, o’z-o’ziga achinish hissi
Ishtahaning pasayishi- ba’zida esa aksincha: oziq- ovqatni ortiqcha yeb yuborish.
Ko’pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi, kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo’ladi.]2
STRESS TURLARI
Biologik stress-jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha yuklanishi.
Jismoniy stress- bu kuchli sovuq, yoki chidab bo’lmaydigan issiqlik, atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.
Kimyoviy stress- barcha toksin moddalarning ta’siri
Ruhiy stress- o’ta salbiy yoki ijobiy his- tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.
Natijasiga qarab psixologiyada quyidagi turdagi stresslar ajratiladi: