Pensiya ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

9
 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy va o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob 
beradi. Vazirlik tizimiga Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirsh 
markazi, idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi. 
 
O’rta maxsus kasb-hunar muassasalari ustidan bevosita rahbarlikni 
OO’MTV tarkibidagi Kasb-hunar ta’limi markazi olib boradi.
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3304-son Qarori. Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 y., 07/17/3304/0037-son. 
9
 
http://www.ziyonet.uz axborot-ta’lim tarmog’i ma’lumotlari asosida muallif tomonidan 
tayyorlandi. 
O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi
 
Maktabgacha 
ta’lim
vazirligi 
Xalq
ta’limi
vazirligi 
Xalqaro va 
xorijiy OTM 
filiallari 
Oliy va o’rta 
maxsus ta’lim 
vazirligi 
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti 
Plexanov nomidagi Rossiya davlat akademiyasi 
Vestminster Universiteti 
Turin politexnika universiteti 
Singapur universiteti 
Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti va b. 


11 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va 
o’rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 341-sonli 
Qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
huzurida Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi tashkil 
etilgan. 
Rivojlantirish markazi oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga yo’naltirilgan 
o’quv-uslubiy, tashkiliy-huquqiy ta’minotni ishlab chiqish va zamonaviy 
pedagogik hamda axborot texnologiyalarini tatbiq etish bo’yicha ilmiy-uslubiy va 
ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. 
Rivojlantirish markazining maqsadi – mamlakatning ustivor ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi hamda ta’limni rivojlantirishning jahon tendensiyalariga 
muvofiq oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimini me’yoriy-huquqiy va 
ilmiy-uslubiy ta’minlashdan iborat. 
Ta’lim tizimini isloh qilish jarayoni mos huquqiy asosga tayanishi lozim, bu 
borada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat 
umummilliy dasturi, boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga 
muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ta’lim tizimi 
taraqqiyotidagi ijobiy tendensiyalar uchun asos bo’lib xizmat qildi. 
Ma’lumki, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik
innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga 
oshirishga oid Davlat dasturida “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 
qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan
10

10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash 
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'grisida”gi PF-5308-sonli Farmoni. Qonun 
hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi: 06/18/5308/0610-son. 23.01.2018. 


12 
Mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlaridan iborat ishchi guruhi 
tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 
qonunining yangi tahrirdagi loyihasi ayni kunlarda jamoatchilik tomonidan 
muhokama qilinmoqda. 
O’tgan ikki yil, ya’ni 2016-2017-yillar mobaynida taraqqiyotning 
navbatdagi bosqichida jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan 
yangilanishlarning mazmuniga mos ravishda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga 
qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, ta’limning barcha 
bosqichlarini bugungi zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 100 ga yaqin qaror va farmonlari qabul 
qilinib, izchillik bilan amaliyotga tatbiq etilmoqda. 
Jumladan, mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilib, 
tizimni malakali kadrlar bilan ta’minlash, davlat va xususiy sheriklik asosida yaqin 
istiqbolda mamlakatimizda bog’cha yoshidagi bolalarni to’liq maktabgacha ta’lim 
muassasalariga qamrab olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr va takliflari asosida yurtimizda 11 yillik 
majburiy maktab ta’limi qayta joriy etilib, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
optimallashtirildi. Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari ko’paytirildi, 
xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari diplomlarini nostrifikatsiyalash tizimi 
soddalashtirildi, talab yuqori bo’lgan qator sohalar bo’yicha sirtqi ta’lim yo’lga 
qo’yildi hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ham xalqaro andozalarga 
asosan takomillashtirildi. 
Bugungi kunda mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyotini belgilab 
beruvchi eng muhim sohalardan biri bo’lgan ta’lim tizimidagi tub yangilanishlar, 
rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalari milliy ta’lim tizimiga joriy 
etilayotganligi va bir qator xalqaro konvensiyalarning ratifikatsiya qilinganligi, shu 
bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul 
qilingan sohaga doir qaror va farmonlarni qonunchilikka muvofiqlashtirish 
zaruratidan kelib chiqib, ushbu yo’nalishdagi asosiy hujjat - “Ta’lim to’g’risida”gi 


13 
qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasini tayyorlash 
jarayonida 20 dan ortiq rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi 
qonunchiligi o’rganilib, shu asosda yangi tahrirdagi qonun loyihasiga 36 ta yangi 
modda kiritildi. Amaldagi qonunning 33 ta moddasiga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritildi. 
Shuningdek, qonun loyihasida katta yoshdagilar ta’limi, maxsus ta’lim, 
inklyuziv ta’lim, davlat- xususiy sheriklik, ta’lim sohasidagi davlat nazorati, ta’lim 
muassasalarining o’zini o’zi baholashi, ta’lim sohasida eksperimental va 
innovatsion faoliyat kabi yangi normalar nazarda tutilmoqda. 
Qonun loyihasini umumxalq muhokamasidan o’tkazish va ularning fikr-
mulohaza hamda takliflarini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 
interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirildi. 
Bu boradagi islohotlatning bosh vazifasi mamlakatimiz ta’lim tizimining 
fuqarolarning komil shaxslar bo’lib shakllanishiga yo’naltirilgan, inson omilini 
namoyon etadigan, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni 
yetishtirib 
beradigan eng yaxshi an’analarini qo’llab-quvvatlash va 
rivojlantirishdan iborat.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin