22
2-BOB. O’RTA MAXSUS TA’LIM MUASSASALARI XARAJAT-
LARINI
REJALASHTIRISH
VA
MOLIYALASH-
TIRISHNING AMALDAGI HOLATI
2.1.
O’rta maxsus ta’lim muassasalari byudjetini aniqlash
amaliyoti
Byudjet
mablag’lari hisobidan ta’minlanadigan
aksariyat byudjet
tashkilotlari kabi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari ham o’z
faoliyatlari bilan bog’liq ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mablag’larning
yetishmasligi muammosiga duch keladilar. Ushbu muammolar byudjet
mablag’lariga bo’lgan ehtiyojni an’anaviy tartibda (ya’ni ish natijalaridan qat’i
nazar, smetalarni guruhlar soni, o’quv soatlari soni,
kvadrat metrlarda
hisoblanadigan muassasa maydoni, o’tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi natural va
qiymat me’yorlaridan foydalanib ishlab chiqish) aniqlash bilan bog’liq holda
yuzaga keladi. Muassasa tomonidan hisoblangan byudjet mablag’lariga bo’lgan
ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya yoki boshqaruv darajasida ko’rib chiqiladi va
byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta’lim
muassasasi uchun ajratilayotgan byudjet mablag’larining haqiqiy miqdori aksariyat
hollarda muassasa tomonidan aniqlangan, hisoblangan
ehtiyojga nisbatan ancha
kam bo’ladi. Alohida olingan muassasaning tasdiqlangan byudjeti moddalar
bo’yicha batafsil yoyib chiqilgan xarajatlar ro’yxatidan iborat bo’ladi. Muassasalar
oyma-oy ushbu ro’yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo’yicha byudjet
mablag’larini oladilar.
Amaliyotda muassasalar o’z ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan xarajat
miqdorlarini oshirib ko’rsatishdan manfaatdor bo’ladilar, ammo qat’iy xarajat
moddalari asosida byudjetdan moliyalashtirish jarayoni ta’lim
muassasalari
rahbarlarining
mablag’larni taqsimlash bo’yicha qarorlar qabul qilish
mustaqilligini cheklab qo’yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo’llash
oqibatida ta’lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma’lum darajada
cheklanib qoladi. Shu sababli muassasa rahbarlari ta’lim sifati va samaradorligini
23
oshirish maqsadida o’z resurslarini samarali boshqarishdagi
imkoniyatlari
birmuncha cheklanib qoladi.
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini hisobga olgan holda
respublikaning ayrim hududlarida byudjet mablag’larini rejalashtirish bo’yicha
tajriba
loyihalarini
boshlash,
ushbu
loyihalar
doirasida
jon
boshiga
moliyalashtirining yangi tizimini sinab ko’rish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Loyiha dastlab umumta’lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta’lim
muassasalari uchun ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa
byudjetini shakllantirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini
ko’zlab o’tkazildi.
O’zbekistonda ta’lim sohasida o’quvchi jon boshiga moliyalashtirish usulini
bosqichma-bosqich va barcha hududlarda joriy etish
uchun zarur sharoitlar
yaratildi (3-jadval). Barcha umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim
muassasalari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bir nafar o’quvchiga
(tarbiyalanuvchiga, talabaga) mo’ljallangan xarajatlarning bazaviy normativlarini
joriy etish shartlarini qat’iy belgilovchi hukumat qarorlarining qabul qilinishi
ushbu yo’nalishdagi muhim qadam hisoblanadi.
2010-2011-yillarda o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy o’quv yurtlari o’z
xarajatlarini bir nafar talabani (o’quvchini) o’qitish
xarajatlarining bazaviy
normativlaridan kelib chiqib normativ rejalashtirish tizimiga o’tdilar. O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazining 2011-yil 22-martdagi № 25/№ 08-son Qo’shma
qarorining qabul qilinishi va 2011-yil uchun bir nafar o’quvchini o’qitish
xarajatlarining bazaviy normativlaridan kelib chiqib o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari xarajatlarini normativ rejalashtirish to’g’risidagi Nizomning
tasdiqlanishi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari byudjeti mablag’lari
miqdorini jon boshiga moliyalashtirish asosida aniqlash borasida navbatdagi
qadam bo’ldi.