tugatish komissiyasi tashkilotning ajratmalarini majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:
a) mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha pensiyalarni to’lashga:
agar nogironlik muayyan davrga belgilangan bo’lsa, nogironlikning amal qilish muddatiga, biroq kamida besh yil uchun;
agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo’lsa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida xodimlar O’zRda kutilayotgan umr ko’rish yoshiga etgungacha bo’lgan muddatga;
Javobgar tashkilot tugatilgan taqdirda -
tugatish komissiyasi tashkilotning ajratmalarini majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:
b) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari bo’yicha mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga nisbatan:
18 yoshga etmagan oila a’zolariga — ular shu yoshga etgunlariga qadar;
vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini boqish bilan mashg’ul bo’lgan oila a’zolariga — boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan yoshga to’lgunga qadar;
ota, ona, o’gay ota, o’gay ona, xotin, erga — agar ular pensiya yoshiga to’lgan yoki nogiron bo’lsalar, shuningdek buva va buviga — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo’lgan kishilar bo’lmasa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida ular O’zRda kutilayotgan umr ko’rish yoshiga etgunga qadar bo’lgan muddatga.
Ishsiz maqomiga ega bo’lgan shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalar to’lashga xarajatlarning qoplanishi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy Bosh boshqarmasi
Pensiya