Xodimning shaxsiy ishi xodim va uning mehnat faoliyati to‘g‘risida eng mufassal ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar to‘plamidan iboratdir. Xodimning shaxsiy ishi u ishga qabul qilingan vaqtda rasmiylashtirila boshlanadi. Unda quyidagilar bo‘lishi qo‘zda tutiladi:
shaxriy ish hujjatlari ro‘yxati;
kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (yoki anketa);
tarjimai hol;
ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
lavozimga tayinlanganligi (boshqa ishga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxalari);
tavsifnomalar;
ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza;
mehnat shartnomasi.
SHaxsiy ishda, shuningdek xodimning ilmiy asarlari, ixti-rolari ro‘yxati, mehnat jamoasi (aksiyadorlar) yig‘ilishi bayonnomasi (mehnat jamoasi yoki aksiyadorlar tomonidan saylangan rahbarlar uchun)dan ko‘chirma ham bo‘lishi mumkin. Kelgusida shaxsiy ish xodim anketasi, tarjimai holidagi, lavozimidagi o‘zgarishlar qayd etilgan yozuvlar bilan to‘ldirib boriladi.
Mehnat daftarchasiO‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq xodimning mehnat stajini tasdikdovchi asosiy hujjatdir (81- modda).
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlariga mehnat daftarchasini tutishi shart (faqat o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasnodir).
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga qo‘ra mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Boshqaruv personali faoliyatining baholanishi ham hujjatlanib boriladi.Bu quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
—xodim iltimosiga muvofiq, tavsifnoma yoki tavsiya xati berilganda.
Personalni boshqarishni hujjat bilan ta’minlash xizmatining eng muhim funksiyalaridan biri hujjat aylanmasini tashkil etishdir. Korxona yoki tashkilotda hujjat aylanmasini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
Korxona yoki tashkilotdagi hujjatlar ikki guruh: xodimlar shaxsiy ishlari hamda korxona yoki tashkilot asosiy faoliyatiga oid hujjatlarga ajratib alohida-alohida ro‘yxat qilinadi.
1-son ro‘yxat xodimlar shaxsiy ishlariga oid bo‘lib, ular quyidagi tartibda joylashtiriladi:
xodimlarni hisobga olish kitobi (agar shunday kitob yuritilsa);
2- son ro‘yxat korxona yoki tashkilot asosiy faoliyatiga oid hujjatlar uchun tuziladi.
Yo‘qotilish uchun ajratilgan hujjatlar bo‘yicha alohida akt tuziladi.