Aksariyat yosh bolalar bu yozuvlar qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi, xato yozilganini ham to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Shuning uchun binolardagi peshlavhalar, eʼlonlar, bildirgilarni tayyorlashda savodxonlikning ahamiyati katta.
Yozuvlarning risoladagiday bo‘lishi ko‘p hollarda tashqi targ‘ibot vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq.
Kitob tumani hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, adliya, arxitektura bo‘limlari, tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida tashqi targ‘ibot vositalarini tayyorlab beruvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishilganda ana shular haqida tushuncha berildi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Mirshod Jabborov tuman hokimligida davlat tili masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda ishtirok etib, bu haqda ko‘pgina maʼlumotlarga ega bo‘lganligini aytdi. Eʼtiborli tomoni shundaki, ular faoliyatlari orqali kitob targ‘iboti bilan ham shug‘ullanishyapti. Alisher Navoiyning “Xamsa”si, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”i, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarlarining zamonaviy usulda ramziy muqovalarini tayyorlashibdi.

“Bularni ijodiy kechalar, turli tadbirlarda foydalanish uchun buyurtma berishgan”, deydi Mirshod Jabborov. Ammo ayrim targ‘ibot vositalarida imlo xatolar bor, shu bilan birga o‘zbek tilida muqobili bo‘la turib boshqa tillardagi so‘zlar ishlatilgan.