Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


TOPSHIRIQLARNING MAVZUVIY MAZMUN SOHASI



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə33/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

TOPSHIRIQLARNING MAVZUVIY MAZMUN SOHASI

VA DOMEN BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

Mavzuviy mazmun sohasi

Domen

Topshiriqlar foizda
Kreativ ifodalash
Yozma ifoda
25 %

Vizual ifoda


25 %

Bilim yaratish va


muammoni hal qilish
Ijtimoiy muammoni
hal qilish
25 %
Ilmiy muammoni 

hal qilish


25 %

JAVOB SHAKLLARI
104. Ushbu doirada belgilangan kreativ fikrlash jihatlarini baholashda 
foydalangan birliklar javoblarning quyidagi turfa turlaridan iborat:
– Ochiq test topshiriqlari: bular, odatda, bir necha soʻzdan (masalan, 
rasm yoki ilmiy gipotezaga sarlavha) qis qa matngacha (hikoyani oʻziga
xos tarzda yakunlash yoki dizayn gʻoya sini tushuntirib berish) boʻlgan 
yozma javobni taqozo etadi. Baʼzi ochiq test topshiriqlari vizual javobni
(masalan, plakat chizish yoki berilgan shakllarni qoʻshish kabi) talab 
etadi.
– Interaktiv simulatsiyaga asoslangan topshiriqlar: ushbu vazifalar 

o‘quv chilar ilmiy izlanish olib borishi mumkin boʻlgan laboratoriya


mu hitini, yoki o‘quvchilar navbatdagi darajani tugallashi kerak boʻlgan 
oʻyin muhitini yaratib beradi. Bu vazifalarda o‘quvchilar oʻz xatti-
harakatlariga nisbatan darhol avtomatlashgan javob oladilar.
– Oddiy va murakkab yopiq test topshiriqlari: bu topshiriqlar ko‘p
variantlardan bittasini tanlash (masalan, yangi g‘oyani ishlab chiqish 
o‘rniga ilgari taklif etilgan g‘oyani tanlash), javoblarni siljitib joylashga
(g‘oyalarni toifalashga) asoslangan javoblarni talab etadi. 


42
43


105. Javob turiga qarab vazifalarning taqsimlanishi kreativ fikrlash-

ning toʻrtta domenida turlicha boʻladi.


106. Bir qator potensial test sinovlari PISA testlari platformasi doi-
rasida loyihalashtirilgan, ishlab chiqilgan va jamlangan. Tajriba-sinovlar
uchun bo‘limlarning yakuniy bosqichiga o‘tadigan sinov guruhlari mam-
lakatlarning xulosa beruvchi ekspertlari bu potensial bo‘limlar turkumidan
quyidagi muhim mezonlar asosida (lekin bu bilan cheklanib qolmay) 
saralab olingan:
– ushbu doirada kreativ fikrlashda muhim deb topilgan nazariyalar 
(masalan, kompetensiyaviy modeli, domenlar)ning aks etishi;
– ko‘nikmalar darajasini aniq farqlaydigan vazifalar turkumi;
– vazifa shakllarining munosibligi va turliligi;
– tanlangan o‘lchov vositalari uchun ishonchli kodlashtirish va baholash 
yoʻriqnomalarini ishlab chiqish imkoniyati;
– mavzularning kelib chiqishi va millatidan qatʼi nazar, barcha o‘quvchilar 
uchun tanish va tegishli boʻlishi;
– kognitiv laboratoriya va validatsiya tadqiqotlaridagi samarasi.



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin