Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


GʻOYALARNI BAHOLASH VA TAKOM ILLASHTIRISH



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə30/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

GʻOYALARNI BAHOLASH VA TAKOM ILLASHTIRISH
99. Kreativ fikrlash bilan muvaffaqiyatli shugʻullanish nafaqat 
odatiydan voz kechib, yangi narsani ishlab chiqish, balki niyat qilingan
maqsadga muvofiq ishlaydigan narsani yaratish hamdir. Mezonga solingan 
kognitiv jarayonlar yangi boʻlish bilan birga ayni damda munosib, samarali
va ishlaydigan gʻoyalarni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi (Cropley, 2006 
[47]). Ular gʻoyalardagi kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi
mumkin va koʻpincha kreativ mahsulotni takomillashtirish maqsadida 
gʻoya berish va birlamchi gʻoyalarni qayta shakllantirishga olib keladi.
Shu sababli baholash va takomillashtirish kreativ fikrlash jarayonining 
markazida turadi. Oʻzgalar gʻoyasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash
va takomillashtirish koʻnikmasi, shuningdek, bilim yaratishning har qanday 
jamoaviy harakatining muhim qismidir.
100. Test topshiriqlari orasidagi bog‘liq-
likni kamaytirish maqsadida, o‘quvchilardan
oʻzlarining gʻoyalarini emas, oʻzgalarning 
mahsulotini takomillashtirish soʻraladi. Ushbu
qismdagi vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq 
ssenariy berilib, ular berilgan gʻoyani oʻziga xos
tarzda takomillashtirishi zarur boʻladi. Bunda 
ham baholaydigan va takomillashtiradigan
gʻoyalarning topshiriqqa mos kelishiga qaraladi. 
Ushbu topshiriqlarda munosib javob oʻziga xos
takomillashtirish boʻlishi shart. «Oʻziga xos takomillashtirish» deganda, 
vazifada berilgan gʻoyaning mohiyatini saqlagan holda, original elementlarni
olib kirish va shu orqali ijodiy gʻoyalarga xos boʻlgan yangi va foydali 
elementlarni qamrab olish tushuniladi.
Testning 
gʻoyalarni baholash va ta-
komillashtirish jihati diq-
qatni o‘quvchining taq dim
etilgan gʻoyaning kam-
chiliklarini aniqlash va
ularni bartaraf etishning 
oʻziga xos usulini taklif
etish koʻnikmasiga qa-
ratadi.



38
39



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin