ILMIY MUAMMONI HAL QILISH BO‘LIMINING MODELI 136. Ilmiy muammoni hal qilish domenidagi namunaviy topshiriq
7-shaklda keltirilgan. Namunada o‘quvchilardan oddiy velosipedga mu-
handislik innovatsiyasini tatbiq etish soʻraladi. Ushbu model o‘quvchilarga
kreativ boʻlish imkonini beradi, chunki unda ochiq muammoga (belgilan-
magan) yechim topish taqozo etiladi. Shu bilan u yagona yechimi mavjud
yopiq muammolardan farqlidir.
7-shakl. Ilmiy muammoni hal qilish domeni bo‘yicha topshiriq namunasi. Kelajak velosipedini tasavvur qilib ko‘ring. Standart
velosipedni yaxshilash uchun uchta original takomil-
lashtirish haqida o‘ylang. Bu g‘oyalar bir-biridan farq
qilishi kerak.
Har bir g‘oya qanday ishlashini aniq tushuntiring hamda
o‘zingiz foydalanadigan texnika va vositalarni aniq
ifodalang.
Biz bu topshiriqqa 5 daqiqadan ko‘p vaqt sarflamas-
ligingizni tavsiya qilamiz.
PISA 2021 Kreativ fikrlash (namuna)
Ijodiy-ilmiy muammoni hal qilish Topshiriq 1/3
KELAJAK VELOSIPEDI
1-takomillashtirish g‘oyasi
2-takomillashtirish g‘oyasi
3-takomillashtirish g‘oyasi Do‘stlaringizdan biri, yuksak texnologiya asosida
yaratilgan kelajak velosipedi qimmat bo‘lishi aniq, u
o‘g‘irlikdan ham himoyalangan bo‘lishi kerak, degan
fikrda. U yuzni aniqlashni ta’minlaydigan dasturga
ega kamerani qisqich yordamida rulga o‘rnatishni
taklif qilmoqda. Kamera boshqa kimdir velosipedda
ketayotgan bo‘lsa, velosiped egasining telefoniga xabar
yuboradi.
Do‘stingizning g‘oyasini yanada samaraliroq qilish
va takomillashtirish uchun velosiped o‘g‘irligini
kamaytiradigan qo‘shimcha taklif bering. Taklifingiz
aniq bo‘lsin.
Do‘stingizning g‘oyasini yanada takomillashtirish bora-
sidagi taklifingizni quyidagi katakka yozing.
PISA 2021 Kreativ fikrlash (namuna)