PISA XALQARO BAHOLASH TIZIMI VA UNING MATEMATIK AHAMIYATI Mamayusupov Jamshid Shoyunus o'g'li
Farg'ona Politexnika Instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti,
Oliy matematika kafedrasi assistenti.
jamshidmamayusupov03@gmail.com
80-21 MMTX guruh talabasi Suyunova Gulchehra
PISA – (Programme for International Student Assessment) - o‘quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturi bo‘lib, 15 yoshli bolalarning o‘qish, matematika, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dasturdir. Uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi [2].
Mazkur dastur o‘qish, tabiy fanlar biln birga matematik savodxonlikni baholashga qaratilgan bo‘lib, sinov topshiriqlarining tuzilmasi (modeli) quyidagi 3 jihat asosida tuziladi:
topshiriq tegishli bo‘lgan matematika fanining mazmun sohasi, ya‘ni
bo‘limlari;
muammo mazmuni yoki konteksti;
topshiriqni bajarishda o‘quvchilar namoyish qilishi lozim bo‘lgan aqliy faoliyat turi [3].
Topshiriqning konteksti, bu – real hayotiy vaziyatning matnli ifodalanishidir. Tadqiqot ishimizda bu topshiriqlarning qo‘llash sohasi (konteksti)ga to’xtalib o‘tmoqchimiz. O‘z navbatida topshiriqlarning muammo mazmuni yoki konteksti unda ifodalangan vaziyatlarning turli ko‘rinishlariga qarab, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy va ilmiy kabi topshiriqlarga bo‘linadi. PISA uchun turli xil kontekstlardan foydalanish muhim.
Ilmiy toifada tasniflangan muammolar matematikaning tabiiy dunyoga tatbiq etilishi, fan - texnika bilan bog'liq masalalar va mavzularga bog’liq. Ob-havo yoki iqlim, ekologiya, tibbiyot, kosmik fan, genetika, o‘lchov va matematikaning o'zi kabi sohalarni alohida kontekstlar o‘z ichiga olishi mumkin (lekin ular bilan chegaralanib qolmaydi). Matematikaning barcha elementlari matematik olamga tegishli bo‘lgan ichki matematik narsalar ilmiy kontekstga kiradi [4].
Kontekstda berilgan muammoni yechish uchun matematikani qo‘llash – matematik savodxonlikning muhim jihati hisoblanadi. Kontekst – bu mazkur muammolar paydo bo‘ladigan inson hayotining bir qismi. Tegishli matematik strategiyalar va ifodalarni tanlash ko‘pincha muammo kontekstiga bog‘liq, shuning uchun modelni ishlab chiqishda real olam konteksti haqidagi bilimlardan foydalanish kerak.
Biz bu tadqiqotimizda kasbiy kontekstlarga oid topshiriqlardan namunalar keltiramiz hamda bu topshiriqlarning matematik savodxonlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib beramiz.