1. Gazeta sotish Ikkita gazeta nashriyoti gazeta sotuvchilarni ishga yollamoqchi va sotuvchilarga qancha haq to’lanishi haqida ma’lumot keltirilgan e’lonlar taqdim etdi. Darakchi: Qo‘shimcha daromad olishni hohlaysizmi? Bizning gazetamizni soting.
Sizga haftada sotgan birinchi 240 ta gazeta uchun har biriga 2 ming so’mdan to’lanadi. Undan tashqari har bir ortiqcha sotilgan gazeta uchun 4 ming so’mdan olasiz. Yangi O‘zbekiston:
Qisqa muddatda katta daromad keltiradigan ish.
Yangi O‘zbekiston ovozi gazetasini soting va haftasiga 600 ming so‘m daromadga ega bo‘ling. Undan tashqari har bir sotilgan gazeta uchun 500 so‘mdan qo`shimcha daromad olasiz.
1. Savol. Akmal haftasiga Darakchi gazetasidan o‘rtacha 350 ta gazeta sotsa, u haftasiga o‘rtacha qancha pul topadi.
1-savol haqida ma’lumot
Savol tavsiyasi; hisoblashda kerak bo‘ladigan oddiy ma’lumotni aniqlash. Matematikaga oid mazmun sohasi; o‘zgarish va munosabatlar. Kontekst; kasbiy. Aqliy faoliyat turi; ifodalash. 1-savolning baholash mezoni:
Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi: To‘g‘ri javob: 920 ming so‘m
Quyidagi hollarda javob qabul qilinmaydi: boshqa javoblar bo‘lsa; javob berilmagan bo‘lsa 2. Savol. Zebo Yangi O‘zbekiston gazetasini sotadi. U bir haftada 740 ming ishlab topdi. Zebo bu haftada qancha gazeta sotgan?
2-savol haqida ma’lumot
Savol tavsiyasi; tegishli ma’lumotni aniqlash va uni sonni hisoblashda kerak bo‘ladigan sodda matematik amalga aylantirish. Matematikaga oid mazmun sohasi; o‘zgarish va munosabatlar. Kontekst; kasbiy. Aqliy faoliyat turi; ifodalash. 2-savolning baholash mezoni:
Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi: To‘g‘ri javob: 28 ta
Quyidagi hollarda javob qabul qilinmaydi: boshqa javoblar bo‘lsa; javob berilmagan bo‘lsa 2.Hovli. Nodir yangi uyning hovlisiga to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yo‘lak qurmoqchi. Yo‘lakning uzunligi 5,25 metr, eni esa 3,00 metr. Buning uchun unga har kvadrat metrga 81 donadan g’isht kerak bo‘ladi. Nodirga yo‘lakni to‘liq qurib bitkazish uchun qancha g’isht kerak bo‘ladi?
Matematikaga oid mazmun sohasi: fazo va shakl. Kontekst: kasbiy. Aqliy faoliyat turi: qo‘llash. Baholash mezoni: Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi: To’g’ri javob: 1275, 1276 yoki 1275,75 (javob butun son bo‘lishi shart emas) Quyidagi hollarda javob qabul qilinmaydi: boshqa javoblar bo‘lsa; javob berilmagan bo‘lsa