Plastmassalar


Monografiyalar, maqolalar, ishlanmalar, patentlar



Yüklə 231,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix19.10.2023
ölçüsü231,23 Kb.
#157691
1   2   3   4   5
Plastik massalar kimyosi

 
Monografiyalar, maqolalar, ishlanmalar, patentlar.
Kafedra xodimlari tomonidan kafedra tashkil qilingandan beri 700 dan ortiq ilmiy maqolalar 
chop etilgan. Jumladan 60 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va 10 dan ortiq O‘zbekiston 
respublikasi va chet el patentlari olingan. 
Kafedra tarkibi
1. Muxamediev Muxtor Ganievich – kafedra mudiri, kimyo fanlari doktori, 1975 yilda 
Toshkent davlat universitetini tamomlagan. “YUqorimolekulyar birikmalar kimyosi”, Fizikaviy 
va kolloid kimyo”, “YUqori molekulyar birikmalar kimyosi: hozirgi xolati va istiqbollari” 
fanlaridan bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. 150 dan oshiq ilmiy 
ishlari natijalari davlatimiz va chet el ilmiy jurnallari va anjumanlari ilmiy to‘plamlarida chop 
qilingan. Bir necha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar muallifi. 
2. Boboev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich – kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi. 1965 Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 
“YUqorimolekulyar birikmalar kimyosi”, Fizikaviy va kolloid kimyo” kurslari bo‘yicha 
bakalavriatura talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi. 300 dan oshiq ilmiy ishlari muallifi. Bir necha 
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar muallifi. 
3. YUlchibaev Abdusafi Abdulazizovich – kimyo fanlari doktori, professor, tajribali muallim. 
1961 yili Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Ftor tutgan polimerlar bo‘yicha yirik 
mutaxassis. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 
4. Mirzoxidov Xayrulla Abdullaevich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1971 yil Toshkent 
Davlat universitetini tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya” kursi bo‘yicha bakalavriatura 


talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. Fiziologik faol polimerlar bo‘yicha yirik mutaxassis. Ilmiy 
ishlari natijalari 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar ko‘rinishida chop etilgan. 
5. Xoliqova Oyzoda SHomaqsudovna – kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1967 yilda Toshkent 
Davlat universitetini tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya”, “O‘zbekistonda polietilan ishlab 
chiqarish” kurslari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi. Tajribali muallim sifatida e’tirof etilgan. 
6. Xakimjonov Baxtiyor SHamsutdinovich –kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1971 yilda 
Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida dekan muovini vazifasida 
sidqidildan bajarib kelgan. Radiatsion choklangan polimerlar olish, tolasimon ionalmashinuv 
materiallarini tadqiq qilish soxasidagi etuk mutaxassis. 
7. G‘ofurova Dilfuza Anvarovna – kimyo fanlari nomzodi, dotsent, xozirda katta ilmiy xozim-
izlanuvchi. 1996 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 50 dan oshiq ilmiy ishlari 
natijalari davlatimiz va chet el ilmiy jurnallari va anjumanlari ilmiy to‘plamlarida chop 
qilingan. 2 ta patent xammuallifi. Tolasimon almashinuvchi kompleksonlar olish va ularni 
xossalarini tadqiq qilish ustida izlanishlar olib bormoqda. 
8. Maxkamov Muzaffar Abdug‘apporovich – kimyo fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi. 1999 
yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. ““YUqori molekulyar birikmalar kimyosi: 
hozirgi xolati va istiqbollari”, “Polielektrolitlar” kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qiydi. Sintetik 
polimerlar sintezi, gelsimon polimerlarni tadqiq qilish ustida ilmiy ishlar olib boradi. 50 dan 
ortiq ilmiy ishlar muallifi. 
9. Malыshev Maksim Svyatoslavovich – o‘qituvchi. 2003 yilda Toshkent Davlat universitetini 
tamomlagan. “Polimerlar kimyosining dolzarb muammolari” fanidan ma’ruzalar o‘qiydi. 
Fiziologik polimerlar sintezi va ularni tadqiq qilish ustida ilmiy izlanishlar olib boradi. 
10. SHaxidova Dilbar Ne’matovna – o‘qituvchi. 1990 yilda Toshkent Davlat universitetini 
tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya”, “YUqori molekulyar birikmalar kimyosi” fanlaridan 
ta’lim beradi. Ionalmashinuv qatronlari sintezi va ularni fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq 
qilishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar olib boradi. 
11. Axmedova Nargiza - o‘qituvchi. 1992 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 
“Kimyoviy texnologiya”, “YUqori molekulyar birikmalar kimyosi” fanlaridan ta’lim beradi. 
12. Karimov Maxmud – kimyo fanlari nomzodi, ilmiy xodim. 1983 yilda Toshkent Davlat 
universitetini tamomlagan. Olmalik tog‘-metallurgiya kombinati bilan tuzilgan xo‘jalik 
shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. 
13. Rustamov Muxammadsiddiq – ilmiy xodim. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetini 
tamomlagan. Olmalik tog‘-metallurgiya kombinati bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida 
sanoat oqava suvlari tarkibidan nodir metallarni ajratib olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib 
boradi. 
14. SHoxoldorova SHoira Salixovna – lobarant. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini 
tamomlagan. “YUqori molekulyar birikmalar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Fizikaviy va kolloid 
kimyo” fanlaridan labaratoriya ishlarida talabalarga yordam beradi. 
15. Xolturaeva Noroy – kabinet mudiri. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 
“YUqori molekulyar birikmalar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Fizikaviy va kolloid kimyo” 
fanlaridan labaratoriya ishlarida talabalarga yordam beradi. Termosezgir polimerlar soxasida 


ilmiy izlanishlar olib boradi. Xozirda ilmiy ishlari natijalari asosida 50 ga yakin ilmiy ishlari 
chop etilgan. 
16. Xazratqulova Sevara Muysinovna – laborant. 2006 yilda Toshkent Davlat universitetini 
tamomlagan. “YUqori molekulyar birikmalar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Fizikaviy va kolloid 
kimyo” fanlaridan labaratoriya ishlarida talabalarga yordam beradi. “Radikalnaya (so) 
polimerizatsiya–N-zameщyonnыx akrilamidov na osnove oksikislot i fiziko-ximicheskie 
svoystva poluchennыx polimerov” mavzusidagi nomzodlik ishini tayyorlab xozirda himoya 
qilmoqda 

Yüklə 231,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin