Chunki quyosh nuri 210—220 kun yoritilishi natijasida fitoplankton nihoyatda yaxshi rivojlanadi. Karp yetishtirish esa iqtisodiy jihatdan ancha qimmatga tushadi, chunki hozirgi kunda sanoat tarzida tayyorlanadigan omuxta yemlar baliq talabiga javob bermaydi, narxi esa nihoyatda qimmat. Baliq tannarxi esa ancha qimmatlashadi. Polikulturada dominant tur sifatida oq va chipor do'ngpeshana bo'lishi mumkin. Oq amur esa biomeliorator sifatida foydalaniladi. Ammo po- likulturaning amaliyotda qo'llanilishi bilan baliq yetishtirish assorti- menti ancha kengaytiriladi. Keyingi yillarda MDH davlatlarida, shu jumladan O'zbekistonda hovuz baliqlarining yangi turlarini iqlimlashtirishga katta e’tibor berilmoqda.