Polipropilen, past bosimda olingan polietilen singari rangsiz va qattiq. U oddiy sharoitda organic suyuqliklarda erimaydi, 800C atrofida benzol, toluol kabi aromatik uglevodorodlarda yaxshi eriydi.
Polipropilendan har xil qalinlikdagi pardalar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika va radiotexnikada foydalaniladi.
Polipropilendan xossalari jihatidan eng pishiq sintetik tolalardan qolishmaydigan kimyoviy tola ishlab chiqarish mumkinligiisbotlangan. Ammo polipropilendan pishiq tola olish uchun uning molecular massasi 40000 –50000 va kristallik darajasi 80-90 foiz atrofida bo’lishi shart. Polipropilen tolalari yengil va arzon bo’lganligi uchun boshqa sintetik tolalar o’rnida ham ishlatilishi mumkin.