Polipropilen 80 foizi sulfat kislitada, 50 foizi nitrat kislotada va konsentrlangan xlorid kislotada deyarli parchalanmayadi.
Polipropilen 80 foizi sulfat kislitada, 50 foizi nitrat kislotada va konsentrlangan xlorid kislotada deyarli parchalanmayadi.
Sigler va Natta ishlab chiqqan usulga binoan, polipilenni trietilaluminiy va tatraxlortitandan iborat kompleks katalizator ishtirokida polimerlab, stereoregulyar tuzlishiga poli propilen olinadi. Bu usulga muvofiq, propilenni geptan, uayt spirt kabi organik suyuqliklarda eritib, eritma katalizator joylashtirilgan reaktorlarga quyiladi va 100 –1500C atrofida qizdiriladi.
Polipropilen, past bosimda olingan polietilen singari rangsiz va qattiq. U oddiy sharoitda organic suyuqliklarda erimaydi, 800C atrofida benzol, toluol kabi aromatik uglevodorodlarda yaxshi eriydi.
Polipropilendan har xil qalinlikdagi pardalar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika va radiotexnikada foydalaniladi.
Polipropilendan xossalari jihatidan eng pishiq sintetik tolalardan qolishmaydigan kimyoviy tola ishlab chiqarish mumkinligiisbotlangan. Ammo polipropilendan pishiq tola olish uchun uning molecular massasi 40000 –50000 va kristallik darajasi 80-90 foiz atrofida bo’lishi shart. Polipropilen tolalari yengil va arzon bo’lganligi uchun boshqa sintetik tolalar o’rnida ham ishlatilishi mumkin.