Chiziqsimon amorf polimerning termomexanik egri chizig’i
Rasmdan ko’rinib turibdiki, shishalanish haroratigacha (Tsh) polimer moddalari qattiq holatda bo’lib, kam deformasiyalanadi. Mavjud hamma polimerlar shartli ravishda qabul qilingan Tsh- haroratidan past haroratlarda shishasimon holatda bo’ladi (I holat). Harorat ko’tarilishi bilan deformatsiya sezilarli orta boradi. Bunda qattiq va mo’rt bo’lgan polimer jism avval yumshab, so’ngra elastiklasha boradi. (T0 ). Bu (II holat) – oraliq polimerning yuqori elastiklik holati bo’lib, bu oraliqdagi polimer qaytar deformasiyaga uchraydi. Harorat yana ko’tarilsa, deformasiya juda tez oshib ketadi. Harorat T0 - dan yuqori bo’lganda polimer qovushoq- oquvchan holatga o’tadi. Bu holatda polimer namunasi qaytmas deformasiyaga uchraydi. (III holat)
Rasmda bir gomologik qatordagi chiziqsimon amorf polimerlarining termomexanik egri chiziqlari keltirilgan. Bu gomologik qatorning quyi a’zolari ( 1-4 egri chiziqlar)faqatgina shishasimon va oquvchan holatlar uchun berilgan, bu holatda ularning mexanik xususiyatlari quyi molekulyar amorf moddalar xususiyatiga o’xshaydi. Qatorning polimerlanish darajasi oshib borishi bilan polimerlarga xos elastik (4-10 egri chiziqlar) namoyon bo’ladi. Rasmdan yana shu narsa ayonki, quyi molekulyar amorf moddalarning Tsh va T0 lari bir- biriga juda yaqin, gomologik qatorda bu oraliqning o’sishi bir xil. Polimer moddalar uchun esa Tsh va T0 ning molekulyar massaga qarab o’zgarishi turlicha: molekulyar massaning ortishi bilan T0 kattalashib borgan sari Tsh deyarli o’zgarmay qoladi.

Polimer kristallarning VAX va zaryad tashuvchilarning harakatchanligi
Amorf polimer issiqlik sig`imining temperaturaga bog`liqligi