4
1-MAVZU: KIRISH. POLIZ EKINLARINING AHAMIYaTI VA
TARQALIShI. POLIZChILIK TURLARI VA MAKONLARI.
Reja:
1. Polizchilik fanining asoslari va vazifasi.
2. Poliz ekinlarining ahamiyati, mevalarining kimyoviy tarkibi.
3. Poliz ekinlarining chiqib kelishi va tarqalishi.
4. Polizchilik turlari va makonlari.
Adabiyotlar: 1; 2; 3; 5.
1. Qovun, tarvuz va qovoq yetishtirishni o’rganuvchi qishloq xo’jalik sohasiga
polizchilik deb aytiladi. Polizchilik fan sifatida qovun,
tarvuz va qovoq
o’simliklarining morfologik va biologik xususiyatlarini o’rganish bilan birga, ulardan
yuqori hosil yetishtirish yo’llarini ham ishlab chiqadi.
Polizchilikning asosiy vazifalaridan biri-aholini yil davomida poliz mevalariga
bo’lgan talabini qondirish, yuqori texnologiyalar, mexanizatsiyani qo’llab, sarf-
xarajatlarni kamaytirishdir.
O’zbekiston asrlar davomida polizchilik keng rivojlangan mintaqa hisoblanib,
so’nggi yillarda bu sohaga yangi texnologiyalar joriy qilish
ustida ilmiy izlanishlar
olib
borilmoqda.
Bundan
maqsad,
mavjud
bo’lgan
ekin
maydonlarini
kengaytirmasdan, yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib, yuqori va sifatli
mahsulot yetishtirishdir.
Soha mutaxassislari oldida O’zbekistonda poliz ekinlarining potensial hosilini
yanada oshirish, aholini poliz mevalari bilan mumkin qadar uzoqroq vaqt ta’minlash,
buning uchun esa ertapishar va uzoq vaqt saqlanuvchan navlar yaratishdek muhim
masala turibdi.
So’nggi yillarda bir qancha yangi navlar yaratildi, ularning agrotexnikasi ishlab
chiqildi, fan sohasida erishilgan yutuqlarni amalda qo’llash natijasida hosildorlik bir
muncha ko’tarildi.
Shunday bo’lsa-da, O’zbekistonda ko’p
sifatli navlar ekilmay, yo’qolib ketgan.
Shularni tiklash va joriy etish hozirgi fan mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalardan
hisoblanadi.
2. Poliz ekinlari mevalari ko’p mamlakatlarda aholining eng sevimli oziq-ovqat
turlaridan hisoblanadi.
Poliz mevalarining iste’mol qilinishi sabablari - bu mevalar parxez mahsulot
bo’lib, ularni ham yangiligicha, ham qayta ishlangan holda oziq-ovqatga ishlatish
mumkin.
Shu bilan birga, poliz mevalari shifobaxsh xususiyatlarga ega va ulardan
tabobatda qadimdan foydalanib kelingan.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tibbiyot instituti xodimlari
mamlakatimiz aholisi jon boshiga bir yilda 98 kg poliz mevalarini iste’mol qilishni
tavsiya etadi, shu jumladan 54,5 kg qovun, 36,5 kg tarvuz va 7
kg qovoq
mahsulotlari.
Qovun va tarvuz yangiligicha va qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Ulardan
qovun asali (bekmes), tarvuz asali ( nardek), shinni, tarvuz sukatlari tayyorlanadi va
ular tuzlab (tarvuz) va qoqi qilib (qovun) iste’mol qilinadi.
5
Qovun mevasi tarkibida 11-20% quruq moddalar, shu jumladan, qand 5-18%
gacha, oqsillar-0,6 %, 0,8 %-kletchatka, 0,2 %-moy, 0,6 %-kul bor. Qovun mevasi S
vitaminiga (30-40 mg), karotinga (1,5-2 mg %), RR (1-2 mg %), kaliy, kalsiy, fosfor,
oltingugurt, temir, kobalt tuzlariga boy. Qovun tarkibidagi folat kislotasi organizmda
qon ishlab chiqish uchun zarurdir. Qovun mevasi bronxit, sil, revmatizm,
yurak va
buyrak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Tarvuz mevasi tarkibida o’rta hisobda 10-12 % quruq modda, shu jumladan, 6-11
% shakar, 0,5 % oqsil, 0,5 % kletchatka, 0,1 % moy, 0,3 % kul moddalari mavjud.
Tarvuz mevasi S vitaminiga (5-10 mg %), A; V
1
; B
2
; RR va boshqa vitaminlarga
boy. Bundan tashqari, ular tarkibida temir, kalsiy, kaliy va oltingugurt tuzlari bor.
Qandli diabet, yurak-tomir kasalliklari, ateroskleroz, kamqonlikni, buyrak kasalligini
davolashda tarvuz mevasidan foydalaniladi.
Qovoq mevasi pishgan, dimlangan va qovurilgan holda iste’mol qilinadi. Undan
sharbat ham tayyorlanadi. Qovoq mevasida 10-15 % quruq modda bo’lib, shundan 4-
11 % qandni tashkil etadi. Bundan tashqari uning tarkibida 0,7 % kletchatka, 0,5 %
oqsil, 0,2 % moy, 0,6 % kul
moddalari, ko’p miqdorda mineral tuzlar va vitaminlar
bor.
Qovoq mevasi ateroskleroz, jigar, buyrak, oshqozon, yurak xastaliklariga davo
bo’lib, urug’ qaynatmasi gijja haydash xususiyatiga ega.
Poliz ekinlari urug’larida ko’p miqdorda shifobaxsh moylar bor. Qovun va tarvuz
urug’lari mag’zida 31-56 % gacha moylar bo’ladi. 1 gektar qovun va tarvuz ekin
maydonlaridan 60-100 kg moy olinsa, qovoq ekinlari 1 gektar maydonidan 360-400
kg, ba’zi bir navlaridan esa-600-700 kg moy olish mumkin.
Poliz ekinlari yem-xashak sifatida chorvachilikda ko’plab ishlatiladi.
Shu bilan
birga poliz ekinlari g’alla, paxta, sabzavot va xashaki ekinlar uchun yaxshi
o’tmishdosh hisoblanadi.
Poliz ekinlarining ba’zi turlari va navlari janubiy mamlakatlarda manzarali
o’simlik sifatida ham ekiladi.
Dostları ilə paylaş: