Полизчилик


- MAVZU: POLIZ EKINLARINING BOTANIK TASNIFI VA NAVLARI



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#112722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
 
2- MAVZU: POLIZ EKINLARINING BOTANIK TASNIFI VA NAVLARI 
Reja: 
1. Qovoqgullilar oilasi vakillarining qisqacha tavsifi. 
2. Cucumis avlodi tasnifi. 
3. Citrullus avlodi tasnifi. 
4. Cururbita avlodi vakillarining tasnifi. 
5. O’zbekistonda rayonlashtirilgan poliz ekinlarining navlari. 
Adabiyotlar: 1; 2; 3; 5; 6; 8. 
1. Poliz ekinlari Qovoqdoshlar (Sucurbitaceae Juss) degan botanik oilaga kiradi, 
bu oila yopiq urug’li o’simliklarning juda yirik bir oilasi bo’lib, 103 ta turkum va 
1100 dan ko’ra ko’proq turlarni o’z ichiga oladi. Bu o’simliklarning ko’pchiligi 
tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan, yerga yoyilib yoki palak yozib o’suvchi 
bir yillik o’simlik hisoblanadi.


 8 
Mamlakatimizda poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, yirik mevali va muskat qovoq 
ekiladi. Ularning xarakterli belgilari quyidagilardir: jingalaklari bo’ladi, gullari ayrim 
jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi (entomofil), erkak guli bir kun yashaydi, 
ertalab ochilib, kechqurun yopiladi. Mevasi qovoq meva, urug’lari endospermsiz, 
yirik murtakli va ikkita yassi urug’pallali bo’ladi. Qovoqdoshlar issiqlik va 
qurg’oqchilikka chidamli, yorug’sevar qisqa kun o’simliklari bo’lib, tuproq 
unumdorligiga uncha talabchan emas. 
2. Qovun 40 dan ortiq turlarni o’z ichiga oladigan Cucumis L. turkumiga kiradi, 
shu turlar orasida faqat qovun bilan bodring turlari madaniy o’simliklar bo’lib 
hisoblanadi. 
A.I. Filov (1960,1969) taklif etgan klassifikatsiyaga muvofiq, qovunlarning 
hammasi yettita kenja turni o’z ichiga oladigan Cucumis melo Adans. degan bitta 
turga birlashtiriladi, bu kenja turlarning uchtasi (O’rta Osiyo- ssp. rigidus (Pang.) Fil., 
Kichik Osiyo-ssp. orientale Sageret, ovrupo-ssp. europaeus Fil qovunlari madaniy
uchtasi (ilonsimon qovun-ssp. flexuosus L., xitoy qovuni-ssp. Chihensis Pang. va 
xushbo’y yoki hidli qovun-ssp. Subspantaneus Fil.) yarim madaniy va bittasi (dalada 
begona o’t tariqasida o’sadigan ssp. agrestis Naud nomli qovun) yovvoyidir. 
Madaniy qovun kenja turlarini A.I. Filov tur-xillariga yoki ekotiplarga ajratadi. 
O’rta Osiyo kenja turi mevalarida qand moddalari hammadan ko’p bo’lishi bilan 
ajralib turadi. Palagi uzun, qattiq tuklar bilan qoplangan, dumaloq-qirrali shaklda 
bo’lib, bo’yi 2,5-3 metrga boradi, to’rtinchi tartibgacha boradigan yon novdalar 
chiqaradi. 
Handalaklar-var. Chandalak (Pang.) Greb- vegetatsiya davri 55-70 kun. 
Mevalari mayda (0,5-2 kg), dumaloq yoki yassi tortgan, sust segmentlangan, po’sti 
juda siyrak to’rli bo’lib, yumshoq. Eti sersuv, tarkibidagi qand moddalari o’rtacha 
miqdorda (6-8 %), xushbo’y.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin