8
Mamlakatimizda poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, yirik mevali va muskat qovoq
ekiladi. Ularning xarakterli belgilari quyidagilardir: jingalaklari bo’ladi, gullari ayrim
jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi (entomofil), erkak guli bir kun yashaydi,
ertalab ochilib, kechqurun yopiladi.
Mevasi qovoq meva, urug’lari endospermsiz,
yirik murtakli va ikkita yassi urug’pallali bo’ladi.
Qovoqdoshlar issiqlik va
qurg’oqchilikka chidamli, yorug’sevar qisqa kun o’simliklari bo’lib,
tuproq
unumdorligiga uncha talabchan emas.
2. Qovun 40 dan ortiq turlarni o’z ichiga oladigan
Cucumis L. turkumiga kiradi,
shu turlar orasida faqat qovun bilan bodring turlari madaniy o’simliklar bo’lib
hisoblanadi.
A.I. Filov (1960,1969) taklif etgan klassifikatsiyaga muvofiq, qovunlarning
hammasi yettita kenja turni o’z ichiga oladigan Cucumis melo Adans.
degan bitta
turga birlashtiriladi, bu kenja turlarning uchtasi (O’rta Osiyo- ssp. rigidus (Pang.) Fil.,
Kichik Osiyo-ssp. orientale Sageret, ovrupo-ssp. europaeus
Fil qovunlari madaniy,
uchtasi (ilonsimon qovun-ssp. flexuosus L., xitoy qovuni-ssp. Chihensis Pang. va
xushbo’y yoki hidli qovun-ssp. Subspantaneus Fil.) yarim madaniy va bittasi (dalada
begona o’t tariqasida o’sadigan ssp. agrestis Naud nomli qovun) yovvoyidir.
Madaniy qovun kenja turlarini A.I. Filov tur-xillariga yoki ekotiplarga ajratadi.
O’rta Osiyo kenja turi mevalarida qand moddalari hammadan ko’p bo’lishi bilan
ajralib turadi. Palagi uzun,
qattiq tuklar bilan qoplangan, dumaloq-qirrali shaklda
bo’lib, bo’yi 2,5-3
metrga boradi, to’rtinchi tartibgacha boradigan yon novdalar
chiqaradi.
Handalaklar-var. Chandalak (Pang.) Greb- vegetatsiya davri 55-70 kun.
Mevalari mayda (0,5-2 kg),
dumaloq yoki yassi tortgan, sust segmentlangan, po’sti
juda siyrak to’rli bo’lib, yumshoq.
Eti sersuv, tarkibidagi qand moddalari o’rtacha
miqdorda (6-8 %), xushbo’y.
Dostları ilə paylaş: