24
aralashtirib) solish foyda beradi.
Shuningdek, o’simliklarning ildiz bo’yni atrofiga
gektariga 80-100 kg hisobidan zaharli yem solish ham kurash choralaridan biridir.
Zaharli yem tarkibida kunjara uni, omixta yem yoki yashil beda, 3 kg xlorofos
bo’lishi kerak. Quyidagi zaharli dorilarning birini o’simliklarga purkash ham yaxshi
natija beradi: 0,08 % li ambush yoki belofos; 0,04 % li anometrin; 0,03 % li nurell;
0,02 % li ripkord, etefos, foksam preparatlari.
Bakterial dorilardan 1 % li dendrobatsellin va 1 % li bitoksibatselinni qo’llash
foyda beradi. Katta maydondagi poliz ekinlariga dorilarni
changlash uchun keng
qamrovli universal changlatgich-OShU-50A, paxtachilikda ishlatiladigan OPX-14
changlash moslamasi qo’llanadi. Kichik ekin maydonlarida esa yelkaga osiladigan
ventilyatorli ORV-1 (Veterok) changlatgichi ishlatiladi. Zaharli dorilar aralashmasini
purkash uchun katta ekin maydonlarida universal oziqlantiruvchi purkagich POU;
OVT-1V ventilyatorli traktor purkagichi; ON-10 osma
shtangali va paxtachilikda
qo’llaniladigan OVX-14, OVX-28 markali purkagichlari ishlatiladi. Kichik
maydonlarni dorilash uchun yelkaga osiladigan gidravlik ORR-1 (ERA-1) purkagichi
qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: