25
Lalmikor
polizchilikni
rivojlantirish
juda
muhim,
chunki
bu
yerda
yetishtiriladigan mevalar ta’mi sug’orib yetishtirilgan mevalarga nisbatan shirinroq
bo’ladi, tog’oldi rayonlarda poliz ekinlari yetishtirish birmuncha arzonroq,
shuningdek, lalmikor polizchilikda o’simliklar kasalliklarga unchalik chalinmaydi.
Lalmikor polizchilik Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo,
Surxondaryo va
Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan bo’lib, umumiy maydon 7,5-8 ming gektarni
tashkil etadi.
Mamlakatimizda lalmi yer maydonlarini 30-40 ming gektarga, olinadigan poliz
mahsulotining yalpi hosilini 150 ming tonnagacha yetkazish imkoniyatlari mavjud.
Bu imkoniyatlardan to’la foydalanish aholining poliz mahsulotlariga bo’lgan talabini
qondirishda muhim omil hisoblanadi.
2. Poliz ekinlari navlari lalmikor polizchilikka har xil moslashib, turlicha natija
beradi. Tarvuz o’simligining ildizi tuproqda chuqur joylashgani sababli, bu ekinning
lamikorlikka moslashishini ta’minlaydi. Qovun tarvuzdan ko’ra kamroq lalmi
yerlarga ekiladi. Qovoqning ildiz sistemasi tuproq yuzasiga yaqin joylashgan,
o’simlikdan ko’p namlik bug’lanib ketadi, shuning uchun qovoq turlari lalmi yerlarga
ekishga yaroqli emas.
Lalmikor yerlardagi tuproq-iqlim sharoitlari birmuncha keskin bo’lganligi
sababli, bu yerda o’stiriladigan navlar issiqqa va qurg’oqchilikka
chidamli, ildizlari
yaxshi rivojlanadigan bo’lishi kerak. Bunday xususiyatlarga ega bo’lgan bir qancha
navlar xalq seleksiyachilari va olimlar tomonidan yaratilgan va rayonlashtirilgan.
Shulardan: Jizzax va Samarqand viloyatlarining yuqori tekisliklarida va pastki
tog’oldi zonalarida yetishtirish uchun qovunning Yubileynaya, Arbakeshka 1219,
Po’rsildoq, Ichi qizil; kechpisharlaridan: Gulobi bogarnaya; tog’oldi zonalarining
yuqori pog’onalarida- yuqorida nomi keltirilgan navlar
va shular bilan birga
Zarg’aldoq-gulobi navi ekishga tavsiya etiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining lalmi tekisliklarida qovunning
Bosvoldi, Po’rsildoq; kechpishar navlaridan -Qo’ybosh, Ichi qizil, Qo’ybosh 476,
Bogarnaya 34; tog’oldi lalmi yerlarida- yuqoridagi navlar bilan birga Arbakeshka
1219, Ko’kcha 588; kechpisharlardan -Zarg’aldoq gulobi; Qora qand navlari ekiladi.
O’zbekiston g’allachilik ITI olimlari lalmi yerlarda yetishtirish uchun tarvuzning
quyidagi navlarini ekishga tavsiya etadi: Jizzax va Samarqand viloyatlarining
tekisliklarida Qo’ziboy bogarniy; Bagaevskiy murashka, Oq qo’ziboy 30, Tezpishar,
Sputnik, tog’oldi zonasida - Qo’ziboy 30, Qo’ziboy bogarniy,
Xayit qora, Sputnik,
Mozaichniy; Qashqadaryo va Surxondaryo lalmi tekisliklarida - Tezpishar,
Mozaichniy; Qo’ziboy bogarniy; Oq qo’ziboy, Xayit qora, Bagaevskiy murashka,
Dinniy list; tog’oldi lalmikorlikda-yuqoridagi navlar bilan birga Qo’ziboy 30,
Amerikanskiy beliy; Beliy dlinniy 107.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sinash bo’yicha davlat komissiyasi tomonidan 1998
yildan Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining lalmi yerlarda yetishtirish
uchun qovunning Arbakeshka 1219, tarvuzning - Mozaichniy, Sputnik va Qo’ziboy
30 navlari tavsiya etilgan.
3. Yerda nam tanqisligi, tuproqda va uning poliz ekinlari palagi taralgan ustki
qismida haroratning keskin ko’tarilishi o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga,
26
shuningdek, ularda kechadigan fiziologik jarayonlarga ma’lum darajada ta’sir
ko’rsatadi. Tuproqdagi nam tanqisligi tufayli o’simlikka ildiz sistemasi orqali suv
shimilishi
buziladi, natijada o’simlikning o’suv davri, ayniqsa ob-havo noqulay
kelgan yillarda uzoqqa cho’zilib ketadi. Lalmikor yerlarda havo va tuproq
haroratining juda ko’tarilib ketishi, havo nisbiy namligining pasayishi poliz
ekinlarining gullashini susaytiradi, g’uncha va yangi tugilgan mevalarning qurib
qolishiga sabab bo’ladi. Ba’zan vazni 200-300 g keladigan yirik mevalari ham qurib
qoladi. Bunga sabab, o’simlik gulidagi changi hayot qobiliyatining pastligi (24-25 %)
va sug’oriladigan yerlardagiga qaraganda gullarga hasharot changlatuvchilarning kam
kelib qo’nishidir. Buni, ayniqsa ob-havo quruq kelgan yillarda o’simlik tupida
bittadan meva tugilishiga yoki butunlay tugilmasligiga olib keladi.
Yerga to’kiladigan gul va tugunchalar foizini pasaytirish va mayda bo’lib,
yetilmay qoladigan mevalar miqdorini kamaytirish uchun o’stirish stimulyatorlari
(geteroauksin,
alfa-NUK, bor kislotasi) qo’llaniladi. Qo’shimcha changlatish uchun
o’simlikka asalarilar jalb etiladi yoki gullar qo’lda changlatiladi.
4. Mamlakatimizning lalmikor yerlarida poliz ekinlari hosildor-ligini tuproqda
kuz-qish oylarida to’plangan nam miqdori belgilaydi. Shuning uchun bu yerda poliz
ekinlari agrotexnikasiga asosan e’tibor yerda ko’p nam to’plash va uni to’la saqlab
qolishga qaratilishi kerak.
Poliz ekinlari ekish uchun yerni tug’ri tanlash juda katta ahmiyatga ega. Bunda
past tekisliklardagi erigan qor va yomg’ir suvlari to’planadigan, yozda tuproq namligi
janubiy qiyaliklardagiga qaraganda 1,5-2 % yuqori bo’ladigan shimoliy va shimoli-
g’arbiy qiyaliklardagi yerlar eng yaxshi hisoblanadi.
Yerlarni ekishga tayyorlash kuzda 20-22 sm chuqurlikda shudgorlash va bahorda
ekin ekish oldidan qayta haydashdan iborat. Lekin yerlar kuzda oddiy usulda
shudgorlansa, tuproq nami qochib qolganligidan yer sifatsiz haydalib,
kesak
ko’chadi. Bundan tashqari, yer kuzda va bahorda qayta haydalishi tufayli mahsulot
tannarxi qimmatlashib ketadi. O’zbekiston lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirish
instituti yerlarni kuzda shudgor qilmay, bahorda aprel oyida 20-22 sm chuqurlikda
haydashni va may oyida ekin ekish oldidan 16-18 sm chuqurlikda qayta haydashni
tavsiya qiladi. Yerni haydash bilan bir vaqtda mola bostirish kerak.
Poliz ekinlarini ekish muddati ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. Ob-havo
quruq kelgan yillarda erta ekish yaxshi natija beradi. Namgarchilik ko’p bo’lgan
yillarda esa kechroq ekish kerak bo’ladi. Poliz ekinlaridan
egat hosil qilish kerak
bo’lgan taqdirda, bu ekinlar uchun ajratilgan maydonning bir qismiga urug’lar aprel
oyida ekiladi.
Odatda, poliz ekinlari urug’i ivitilib ekiladi. Urug’lar yerni ekin ekishga
tayyorlash paytida bir yo’la ochib ketilgan sayoz egatlar tubiga 4-6 donadan qilib
uyalab ekiladi, plug qayta o’tishida qo’shib ketiladi. Poliz ekinlari urug’ini
mexanizatsiya yordamida ekishda g’o’za seyalkalaridan foydalaniladi. Bunda
urug’lar oldindan egat ochmay, tekis yerga ekilaveradi. Ekishda urug’lar tuproqning
nam qavatiga 7-8 sm chuqurlikka qadalishi kerak. Urug’ ekish normasi gektariga 1,5-
2 kg.
27
Poliz ekinlari oziqlanish maydonining optimal kattaligi ko’p jihatdan yillik ob-
havo sharoitiga bog’liq bo’ladi. Lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirish institutida
olib borilgan tajriba natijalariga ko’ra, yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari qovun va
tarvuzning oziqlanishi maydoni kichik (2,5-3 m
2
) va aksincha, quruq kelgan paytda
katta (3-5 m
2
) bo’lishi kerak.
Poliz ekinlari bitta chinbarg chiqarganda yaganalanadi.
Bunda har qaysi uyada
bittadan sog’lom maysa qoldiriladi. Lalmikorlikda poliz ekinlarini parvarish qilishda
yog’ingarchilikdan keyin hosil bo’ladigan tuproq qatqalog’iga qarshi kurash muhim
tadbirlardan biri hisoblanadi. Maysalar unib chiqqunga qadar qatqaloq rotatsion
motiga yoki tishli borona bilan buziladi, unib chiqqandan keyin qator oralari
yumshatiladi.
Poliz mevalari pishib yetilishiga qarab, bir marta yoki bir necha marta uziladi.
Dostları ilə paylaş: