12-mavzu: Ota-ona va o’qituvchilar bilan olib boriladigan korreksion-profilaktik ishlar



Yüklə 16,91 Kb.
tarix06.05.2023
ölçüsü16,91 Kb.
#108606
12-Seminar


12-MAVZU: Ota-ona va o’qituvchilar bilan olib boriladigan korreksion-profilaktik ishlar
Reja:

  1. Oilada bolaga qanday munosabatda bo’lish kerak. Bu borada psixologik metodlarning qo’llanilishi.

  2. Oila rasmi testi tuzish, uy, daraxt, odam, avtoportret testi.

  3. Psixologik o’yin va mashklar.

  4. Muammoli vaziyatlarni xal etish.


Tayanch tusunchalar: muammolit vaziyat, testlar, avtoritar oila, demokratik, liberal oila.
Yosh avlod ijtimoiy turmushning barcha soxalari, xususiyatlari Bilan oila kuchogida tanishadi. Oilaviy turmushda odamlarga, mexnatga, narsalarga va uz-uziga bulgan nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari tarkib topa boradi. SHuning uchun oila jamiyatning boshlangich bugini sifatida bolalarning axloki, kobilyati, akl zakovati, xulki, yurish-turishi, xatti xarakati, mulokoti, e’tikodi va dunyokarashlariga yukori darajada tarbiyaviy ta’sir kursatish imkoniyatiga ega. Oilaviy turmush inson xayotining eng muxim jixatlaridan biri xisoblanadi. Xudi shu boisdan jamiyatning konun koidalariga nisbatan munosabat xam oiladagi shaxslararo turli tuman muammolalarda, mulokotda, fikr almashuvda, munozanalarda uz ifodasini topadi, binobarni yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash oilaning nokadar mustaxkam bulishiga, ota-ona munosabatlarida oliy janob xarakter xislatlarini, bolada yuksak ma’naviy xislarni shakllantirishga boglikdir. Yosh avlodni oilada kamil inson kilib tarbiyalashdek yuksak va ma’luliyatli vazifa ota-onaga oiladagi kattalarga yukladilgandir. Darxakikat inson shaxsini shakddantirish oila muxitidan boshlanadi. Xususan oilada, bolada xarakter xususiyatlari, iroda sifatlari, milliy odatlar, fe’l atrof, xulk, tevarak atrofga nisbatan munosabat, e’tikod va karashlar vujudga keladi. Anna shulardan kelib chikkan xolda, oilaviy turmushda insonni kamol topshirish sharoitlari, faollik kursatish imkoniyatlarini izchil urganmay turib, shaxsning xususiyatlari va keltirib chikaruvchi omillar tugrisida fikr yuritish mumkin emas. Ma’lumki, oila – bu ijtimoiy tarixiy belgicha ega bulgan, muayyan tuzilishiga ega bulgan ijtimoiy guruxning kurinishidir, chunonchi uning a’zolarini karindosh urugshlik, nikox, turmush sharoiti birligi, odob-oxlok umumiyligi, ma’naviy extiyoj nosligi kabi alokalar uzaro boglab turadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bulib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, idealogik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. SHu sababdan turmushdosh va oila-a’zolarining uzaro moddiy-maishiy, iktisodiy negizi uzgarishiga bevosita boglikdir.
Oilaviy turmush va oila a’zolarining uzaro muammalalarini tadkik kilgan venger sotsiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab ukvchilarining ukishga va mexnatga bulgan munosabatiga bevosita ta’sir kiluvchi oilaviy muxit (vaziyat, sharoit) omillarini 4 guruxga ajratadi:

  1. Ota-onalarning jamoat faoliyati (ularning siyosiy pozitsiyalari, ishga nisbatan munosabatlari).

  2. Oila davrasidagi munosabatlar (ota-onalarning ukuvchilarga munosabati, aka-ukalar va opa-singillarning uzaro munosabatlari).

  3. Ota-onalarning tarbiyaviy pedagogik faoliyati (ularning pedagogik kizikishlari, maktab Bilan xamkorliklari, ukuvchilarga dars tayyorlash nezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy metodlari).

  4. Oilada ukuvchining faoliyati (ukuvchining kun-tartibi, xujalik ishlardagi muayyan majburiyati) va boshkalar.

Tadkikotchi M.Komloshi yikkan materiallarini taxlil kilib oilaviy muxit (vaziyat,sharoit)ni uch kategoriyaga ajratadi: ijobiy, uzgaruvchan va salbiy. Psixolog V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini urganib, baxtli bolalik – bu oiladagi kuvonchli xam jixatlikning xamda ota-onalarning uz bolalariga gamxurligining spmarasidir degan xulosaga keladi. Agar oilalarning yunalishiga kara buch toifaga mansub ekanligini kursatib beradi: ijtimoiy progressiv tarakkiyparvar yulishdagi oila, past darajadagi ijtimoiy yunalishga mansub oila.
Birinchi toifaga xos bulgan oilalar mamlakatimiz oilalarning kupchilik kismini tashkil kiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar milliy, umumbashariy, xakchil tamoyillardan kelib chikkan xolda amalga oshiriladi, shuningdek, xar tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazariyada tutiladi. Ijtimoiy-progressiv yunalishidagi oilalarning voyaga yetgan a’zolari ishlab chikarishda, korxonada, jamoat yeshlarida faol ishtirok etadilar, ilgor madaniyatga nisbatan kizikishlarini namoyish kiladilar, shuning Bilan birga bu narsalarga uz farzandlarida xam xavas uygotadilar. Oilada goxo namoyon buladigan ziddiyatlarni juda kiska muddatda osoyishta yusinda xal kiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalrda xujalik ashyolari, asboblari, kimmat baxo materiallar xar xil extiyojlarni kondirish vositasi sifatida karaladi, bu narsalar shaxsning kelajak istikbolli bilan mutloko boglanmaydi.
Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy, milliy yunalishi uzil-kesil xal kilinmagan buladi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir goyaning boshka-boshka bir goya bilan uzaro nikoblangan kurash boskichida bulib, u yoki bu karashlar, akidalar ustunligi, istikboli xech kanday axamiyat kasb etmaydi. Bunday xolatning kuzga tashlanishi eskilik Bilan yangilik urtasidagi kurashni aslo anglatib kelmaydi. Balki er-xotinning yoki boshka voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari (nuktai nazarlari) kupincha ularning xarakter xususiyatidagi tafovut negizida boglik bulib, mutlako eskilik sarkiti moxiyatidan kelib chikmaydi. Oilada suz bilan ish birligi masalasi bkarama-karshi yunalishli ikki markazga va 2 xil intilishga ega. Fakat burch xissigina, muayyak majburiyat bajarilishigina oila a’zolarini uzaro birlashtirib turadi xolos. Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir utkazish uchun kurashi, rakobati yakkol namoyon buladi.
Uchinchi toifaga mansub oilalarda kupincha meshchanlik udumi va ideallari xokimlik kiladi. Mazkur oilada barcha narsa yagona narsaga buysurilgan, ya’ni mol-dunyo tuplashga, moddiy-ma’ishiy jixatdan ustunlikka erishiga karatilgan. Voyaga yetgan oila a’zolarining, ota-onalarning korxonada, muassasada, tashkilotda mexnat kilishi anna shu kuzlagan maksadga yetish vositasi sifatida, xar kanday mexnat esa ish xaki mikdori bilan ulchanadi. Ushbu toifa katoriga yana fanatizm xususiyatli kishilar, ruxoniylar oilalari kiradi. Xox meshchanlikka oggan oilada bulmasin, xox ruxoniy oilasida bari bir eski akidaparastli munosabatlari kudratli kuchga ega. Jumladan, oila boshligining zuravonligi, zoshiligi, unga kur-kurona va suzsiz buysunishlik, sajda kilishlik, zaif va nimjon a’zolar faolligini paymol kilishga intilish va xzo meshchanlik ideali va diniy e’tikod doirasidan tashkari chikish xollari kamsitilib, bekorga vakt sarflash deb baxolanadi, xudi shu boisdan bunday ijtimoiy yunalishga mansub oilalardan kup xollarda xkdbin, kurkok, jamiyat tarakkiyoti uchun kam naf tegadigan ugil-kizlar yetishib chikadilar, chunki «kush-uyasidan kurganini kiladi».
Tarakkiyparvar jaxon psixologiyasi fanida oilaviy turmush munosabatlarining juda kup kirrali urganilgan.
Oilaviy munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan tarkib mustakillik, istiklolga nisbatan sodiklik, vatanparvarlik, sharkona an’ana shaxsiy kizikishni jamiyat, mamlakat kizishiga buysundirish xislati, kat’iylik, kadr-kimmat xissi kabi yuksak insoniy xislar shakllana boshlaydi. Asta-seking tugishlanganlarga gamxurlik, aka-ukalik va opa-singillik mexri, ota-onaga muxabbat va shafkat singari teranlik tuygulari namoyon bulla boradi. Oilaviy turmushdagi samimiy va okilona munosabatlar, ilik psixologik muxit ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, kungilxanlik, iltifotlik, sabrlilik,tugrilik, yaxshilik, uyatchanlik, yumshoklik,dilkashlik, mexribonlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, vijdonlilik, mexnatga ma’suliliyatlilik, ozodalik, izzat-nafslilik, tejab-tergashlik kabi shaxs xislatlari tarkib topadi. Agarda oilaviy turmush munosabatlari kupollik, andishashizlik negiziga kurilgan bulsa u xolda oila a’zolari ruxiy dunyosida kekkayshilik, pismiklik, jamoatchilik ma’kullagan narsalarni va kupchilik tomonidan kabul kilingan xatti-xarakat koidalarini sezmaslik, yalkovlik, ma’suliyatsizlik, ifloslik, almaslik, shuxratparastlik, magrurlik, uzini kata olish, dimogdorlik singari illatlar yuzaga keladi, shakllanadi.
SHaxslararo munosabatlarning bir necha tiplari mavjud ekanligi pedagogik psixologiyada kayd kilib utilgan.
Oilaviy munosabatlarning «demokratik» toifasi ugil-kizlarga, u yoki bu tarzdagi xatti-xarakatni amalga oshirishda, Biron-bir ishni rejalashda kata erk beradi, shuning Bilan birga mayda-chuyda kursatmalardan, kat’iy vakt belgilash xolatidan xorij buladilar. Oila a’zolarining xar bir shaxsni izzatlash, xurmat kilish maroii asosiga kurilgan bulib, uzaro okilona talabchanlik, kat’iyatlik ruxi Bilan sugorilgandir. Oila boshligi xisoblangan ota-onalarning asosiy dikkat-e’tibori milliy va umumsoniy koidalari talabidan kelib chikkan xolda uz farzandlarida ijobiy xarakter xisda uz farzandlarida ijobiy xarakter xislatlarini, zamon ruxida mos shaxs fazilatlarini, zamon ruxida mos shaxs fazilatlarini shakillantirishga karatiladi. Mazkur toifadagi oila-a’zolari davrasidagi suxbatlar, munozaralar, mulokazalar uzaro tenglik, uzaro xurmat ruxida buysundiriladi. Xar bir oila uzining insonga mikrota’sir utkazishning xususiyati bilan ajralib turadi. Unday oilada shaxslararo munosabatda ta’sir utkazish sexri (mexanizm) oshirilgan xolda buladi. SHu boisdan tasofidan vokea va xodisalarni sodir bulishi turlicha baxolanadi va ularga bevosita alokador oila-a’zolari turmush tajribasidan kelib chikkan xolda yo ragbatlantiriladi yoki jazolanadi. Manna bunday odilona amalga oshirilgan mulokot ta’sirida ugil-kmzlarda dustlik, diskashlik, xushlizomalalik, shaxsiy xatal-xarakatida va muloxaza yuritishida mustakillik, shaxsiy karashlari saklangan xolda yangi koidalar va talabalarga moslashish, uz-uziga buyruk berish, uz-uzini boshkarish kabi muxim fazilatlar paydo buladi.
Oilaviy munosabatlarning yana bir turi «avtoritar» deb atalib, bunda ota-onaning obrusi xal kiluvchi rolь uynaydi, shaxslararo teng kukuklilik, erkin xatti-xarakat kilish, tashabbuskorlik uz axamiyatini yukota boshlaydi. SHaxslararo munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona kuzlagan tarbiyaviy maksadni amalga oshirmaydi va past samara berishga olib keladi. Okibat natijada oila a’zolari urtasida mazkur pedagogik ta’sirga nisbatan salbiy pozitsiya nomoyon buladi. Paydo bulgan salbiy nuktai nazar, avval ota-onaga, sungra boshka kata yoshdagi oila-a’zolariga nisbatan kullaniladi. Farzandlarda ota-onaga yakinlik, mexr xissa kamayadi, keyinchalik bu tuygu uzoklashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi.
Yüklə 16,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin