9
Kichik Osiyo kenja turi- madaniyligi jihatidan olganda o’rta osiyo kenja turidan
keyin ikkinchi o’rinda turadi. Mevalari dumaloq yoki tuxumsimon shaklda.
Mevalarida qand moddalarining miqdori 10-12 % ga boradi.
Bu kenja tur uchta tur-xilga bo’linadi: yozgi kasobilar (var. zhukowskii (Pang.)
Fil.), kuzgi kasobilar (var. hasanbey (Pang.) Fil.), gurvaklar (var. gurbek Fil).
Gurvaklar tur-xili Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida ko’p ekiladi.
3. T.B. Fursa (1982) tasnifiga muvofiq Citrullus Shrad turkumi 4 ta turga
bo’linadi:
1. Tukli tarvuz C. Lanatus (Thunb) Matsum et Nakai.
2. Kolotsint C. Colocynthis (L.) Schrad.
3. Jingalaksiz tarvuz C. Ecirrhosus Cogn.
4. Noden tarvuzi C. Naudinianus (Sond) Hook.f.
Bu turlarning so’nggi uchtasi yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardir. Tukli
tarvuz hammadan ko’ra ko’proq tarqalgan bo’lib,
uchta kenja turdan tashkil topgan.
1. Shilimshiq urug’li tarvuz- ssp. mucoso spermus- yovvoyi holda o’suvchi
(shilimshiq urug’li tur-xili) va yarim madaniy (sinegal tur-xili) formalarni
birlashtiradi.
2. Tukli tarvuz- ssp. lanatus- yumshoq tuklar bilan qalin qoplangan bo’lib, yovvoyi
holda o’suvchi janubiy va janubi-g’arbiy afrika formalari bilan ekiladigan xashaki
va sukat formalardan iborat.
3. Oddiy tarvuz- var. vulgaris- ikkita tur-xilni: ekiladigan tarvuz (var. vulgaris) va
kardafon tarvuz (var. cordophanus) ni o’z ichiga oladi. Bularning birinchisiga
xo’raki tarvuzning hamma navlari, ikkinchisiga -mevasining eti sariq bo’ladigan,
asosan Shimoliy-Sharqiy Afrikada o’sadigan yarim madaniy formalar kiradi.
Xo’raki tarvuz navlarini birmuncha batafsil sistematikaga solish uchun ular
10 ta
Dostları ilə paylaş: