Darsning borishi: 6.1. Populyasiya sonining o’sish tezligi va avlod yaratish tezligi haqida nazariy ma’lumotlar. Populyasiya soni o’zgarishi haqida to’liq tasavvur hosil qilish va uning o’sish tezligini aniqlash uchun turli yoshdagi individlar orasida o’limning taqsimlanishini aniqlash bilan birga turli yoshdagi organizmlar o’rtasida tug’ilishning taksimlanishi va qaysi yoshda organizmlar ko’payishga kirishishini bilish ham muhim. Shuning uchun yashab qolish jadvaliga qo’shimcha ustunlar kiritiladi.
Bu ustunlarning 1- siga inidividlar yoshi, 2- ustunga yashab qolgan individlar hissasi - lx (1 ta individ hisobiga), 3- ustunga shu yoshdagi individlardan tug’ilgan individlarning o’rtacha soni - bx (absolyut tug’ilish), 4-ustunga solishtirma tug’ilish, ya’ni bitta individ hisobiga olingan tug’ilish –mx, 5-ustunga yashab qolgan individlar hissasi bilan ular o’rtacha serpushtligining ko’paytmasi - lx mx ko’rsatiladi.
Oxirgi kattalik yig’indisi (jadval buyicha) populyasiyadagi avlod yaratish tezligini ifodalaydi, ya’ni
lxmx = R0