Populyatsiya ekologiyasi



Yüklə 55,98 Kb.
səhifə7/7
tarix29.05.2022
ölçüsü55,98 Kb.
#59944
1   2   3   4   5   6   7
Populyatsiya ekologiyasi

Yer bioqobig'i -- tirik organizmlar majmuining o'zi, qator hayvonlar ham odamzot uchun muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Yanada aniqroq aytilsa, bir turdagi organizmlar boshqa turdagilar uchun asosiy hayotiy omil sifatida xizmat qiladi. Misol sifatida, ko'plab o'simlik va hayvonlar tanasida har xil microorga-nizmlar yashashini ko'rsatish mumkin. Biroq bu kabi organizmlar o'z tarkib-tuzilmasi bilan ochiq muhit (suv, havo, tuproq va b.) lardagi erkin yashovchi turlardan keskin farqlanadi. Ular «parazitik hayoti» tufayli ko'p tizimli organlariga ega emas. Bunday vazifani, odatda, muhit rolini o'tovchi xo'jayin o'simlik yoki hayvonning tanasi o'taydi. Shuning uchun ham parazit unsurlarning ko'payishi, rivojlanishi, hatto, o'ziga xos ekotizim barpo etishi ham aniq. Tabiatdan juda ko'plab bunga isbotu-dalillar keltirish mumkin.
Tirik organizmlarning atrof- muhitga moslashishi. Har qanday turdagi tirik organizm muayyan tashqi muhitga moslashishi tufayli yashaydi va doim mavjuddir. Tashqi muhit o'zgarsa, so'zsiz, unga moslashgan jonli unsurlargina hayotini davom ettiradi, moslasha olmagani qirilib ketadi. Lekin aksariyat organizmlar kuchli moslashish xususiyatiga ega. Bu tolerantlik deyiladi («Tolerantlik» - yunoncha so'z bo'lib, chidamlilik ma'nosiga ega). Demak, har bir tirik organizm yashash muhiti va sharoitini o'zgarishiga qarab, chidamlik xususiyatiga ham ega ekan.Yashash sharoiti, umuman, atrof-muhit o'zgarishi bilan, odatda, unga xos ko'rsatkichlarda amalga oshadigan biokimyoviy tabiiy jarayonlarning borishi ramzi ham o'zgaradi. Xususan, ularning amalga oshish tezligi va darajasi boshqacha tarzda bo'ladi. Misol keltirilsa, ko'pchilik o'simliklarning o'sish tezligi va bar tomonlama mukammal bo'lishi ular uchun zarur bo'lgan suv, oziqa moddalar, shu jumladan, karbonat angidrid gazi, azot, kaliy, temir kabi mikroelementlar, hamda mineral va organik o'g'itlarning tuproqdagi miqdorlariga ham bog'liq.Keng miqyosda tolerantlikka ega bo'lgan organizmlar turining nomi oldiga «e v r i» qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Bunga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin: Evribiont — har xil muhit — sharoitlarda yashashga moslashgan tirik jonzot, mavjud omillarga qarab turlicha nomlanadi. Masalan, haroratga moslashgani e v r i t e r m, namlikka — evrigidrid, sho'rlanishga - e v r i gal va hokazo.Muayyan omilning nisbatan qisqa qiymat yoki doirada o'zgarishiga moslasha oladigan bioturga s t e n о qo'shimchasi qo'shib o'qiladi: stenobiont - o'z hayot faoliyati uchun ma'lum shart-sharoit talab etadigan tirik organizm. Xuddi shuningdek, stenoterm. stenogidrid. stenogal va stenofaglarning ham har bin, tegishli holda, harorat, namlik, sho'rlik va muayyan oziqa moddasi bilan oziq-lanishga moslashgan organizmlar hisoblanadi.Shuni alohida ta'kidlash ham joizki, biror tashqi omilga nisbatan u yoki bu turdagi organizmlarning keng doirada moslashishi boshqa omillarga ham xuddi shunday moslashishga qodir degani emas. Muayyan o'simlik turi haroratga nisbatan evriterm bo'lishi mumkin (masalan, cho'ldagi saksovul). Lekin boshqa omil ta'sirida o'zgarishga uchrashi ham mumkin. Shuningdek, xonbaliq kabi boshqa bir tur jonzotni stenoterm va har xil oziqa moddalarga moslashganmi evrifag deb yuritiladi.Aniq bir turdagi organizm o'z hayoti davomida har xil sharoitga tushib tole-rantlik xususiyatini namoyon etishi mumkin. Masalan, paxta g'o'zasining o'sib yetilish mavsumi (vegetatsiyasi) davrida 14-16 °S dan harorat 38°S gacha o'zgarishi g'o'za o'sishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Lekin saratonda, ayniqsa, iyun oyi oxiri, iyul hamda avgust boshlarida havo harorati 38°S dan ortiq bo'lishi ham ko'p kuzatiladi. G'o'za o'simligi misolida, harorat ko'tarilib ketgan sharoitda ham o'simlik rivojlanishda davom etib, hatto, ancha yuqori haroratga bardosh bera olish xususiyatiga ega. Demak, g'o'za yuqori harorat bo'lgan sharoitga oson moslashadigan o'simlik ekan. Faqat o'z vaqtida sug'orilib turilsa, bas. Bunday moslashishni — tolerantlik chizig'ining o'zgarishidan ham kuzatish mumkin. Tolerantlik chizig'ining siljishi, organizmni moslashishini xarakterlaydi degan xulosani chiqarsa bo'ladi.Moslashish (adaptatsiya) - tirik organizmning tuzilishi, bajaradigan vazifasi va xossalarining tegishli shart-sharoitga hayot faoliyatining muvoftqligidir. Ta'kidlash joizki, moslashishning m о r f о 1 о g i k, f i z i о I о g i k va x u l q- a t v о r 1 i turlari ham mavjud.Morfologik moslashishlarga. misol sifatida, suv muhitda yashaydigan tirik organizmlarning suv oqimi qarshiligini engib, harakatlanishga mos tarzda, tanatuzilishi va doim suvda muallaq (osilgan) holda yashashiga qodirligini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, o'simliklar olamida, masalan, cho'l sharoitida suvni oz sarflashga moslashish bo'yicha saksovul, shuningdek yantoq barglari o'lchamining nisbatan kichik bo'lishi yoki butunlay bo'lmasligini ko'rsatsa to'g'ri bo'ladi.Fiziologik moslashishlarga misol qilib, hayvonlar organizmlarida oziqa moddalar tarkibiga ko'ra, ovqat xazm qilish davrida ma'lum ferment (biokatalizator) turlarining ishtiroki yoki cho'l sharoitida yashaydigan hayvonlarning suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish xislati o'zidagi yog'larning parchalanishi evaziga bo'lishi kabilarni ko'rsatish mumkin.

Yüklə 55,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin