Populyatsiya nima? Populyatsiya mohiyati va strukturasini o`rganish, tahlil qilish reja



Yüklə 36,58 Kb.
səhifə4/7
tarix18.05.2023
ölçüsü36,58 Kb.
#116469
1   2   3   4   5   6   7
Populyatsiya nima Populyatsiya mohiyati va strukturasini o`rganish, tahlil qilish

Turning populyatsion tuzilmasi

Xar qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topgan.Uning tuzilmasini esa individlarni xarakatlanishi yoki ma’lum xududga bog’liqlik darajasi,tabiiy to’siqlarni yengib o’ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi.U doimiy emas.Organizm o’sishi,tug’ilish,o’lish va boshqa sabablarga ko’ra,ya’ni tashqi muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq holda populyatsiyalar ichida o’zgarish vujudga keladi.


Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatidan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo’shilishi bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin.
Ekologik nuqtai nazardan populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog’liq. Masalan, parazit chuvalchanglar va jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarda erkak jins faqat otalanish jarayonida ishtirok etishdan iborat bo’lgani uchun jinslar nisbati urg’ochilar tomon siljigan. Sut emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham ana shunday nisbat kuzatiladi. Monogam yirtqich sutemizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg’ochi jinsga ozuqa topishda ishtirok etadi. Shuning uchun jinlar nisbati teng.Populyatsiya evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega. Masalan, odamlar populyatsiyasining potensial o’sishi o’smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri keladi. Populyatsiyadagi individlarning nobud bo’lishi, jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ham ega.Bu hol ko’proq sut emizuvchi hayvonlar uchun tagishlidir.
Populytsiyadagi jinslar nisbati genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki ma’lum darajada tashqi muhit ta’siriga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, o’rmon chumolilari temperatura -20 °C dan past bo’lganda faqat erkak chumolilar, yuqori haroratda esa deyarli urg’ochi chumolilar rivojlanadi.


Yüklə 36,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin