PM mashinasozlik sohasida - metallarni ishlash, shtampovka, svarka qilish va kesish ishlarida hamda, tuproqlarni zichlash, o’rmonlardagi yong’inni o’chirish va boshqa ishlarda keng qo’llanilmoqda
PM mashinasozlik sohasida - metallarni ishlash, shtampovka, svarka qilish va kesish ishlarida hamda, tuproqlarni zichlash, o’rmonlardagi yong’inni o’chirish va boshqa ishlarda keng qo’llanilmoqda.
Bugungi kunda PM lar tuproq bilan bostirilgan transheyali zaryadlarni portlatish orqali uzaytirilgan kanal, kollektor va boshqa turdagi irrigastion qurilish ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda portlatish energiyasini boshqarishga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish davom etmoqda.
Sanoatlashtirilgan portlovchi modda yaratilish tarixi
Ilk marotaba harbiy va sanoat sohasida portlovchi modda sifatida qora porox qo’llanilgan bo’lib, porox kaliliy stelitrasi, fosfor kukuni va ko’mirdan tashkil topgan. VII asrga kelib, oldin Xitoyda keyin esa Hindistonda porox dengiz kemalarini, sahrodagi karvonlarni boshqarish uchun mash’al-feyerverklar, keyin esa Vizantiyada “Greklar olovi” sifatida ishlatilgan.
Evropada qora porox tarkibini Bertold Shvarst tomonidan yaratilgan.
Evropada qora porox tarkibini Bertold Shvarst tomonidan yaratilgan.
Turli xil ma’lumotlarga ko’ra XVI-XVII asrlardan boshlab porox konchilik sohasida keng qo’llanilib kelmoqda. XVI asr o’rtalariga kelib Rossiyada poroxni daryo va dengiz poroxodlarini suzish ishlarini yaxshilash maqsadida suv osti tog’ jinslarini maydalash uchun keng qo’llanilgan. XVI-XVII asrga kelib porox foydali qazilmalarni er osti usulida qazib oladigan rudniklarda portlatish ishlarini amalga oshirishda keng qo’llanilgan. Buning uchun patron shakldagi porox qog’ozga o’ralib smola materiali yordamida gidroizolyastiya qilinib, tog’ jinsida parmalangan shpurga joylashtirilib poroxli trubka yordamida portlatilgan.
1627 yildan boshlab G’arbiy evropada joylashgan Slovakiya, 1632 yilda esa Shvestiyaning kumush konlarida porox portlatish ishlarida qo’llanilgan. XVII asrning oxiriga kelib Evropaning ko’p davlatlaridagi konlarda porox portlatish ishlarida keng qo’llanilgan. XIX asrgacha porox evropa mamlakatlarida asosiy portlovchi modda sifatida kon ishlarida qo’llanilgan.