POWER POINT DASTURI BILAN ISHLASHNI O’RGANISH
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2021
birinchi hujjаt uchun Презентация ikkinchisi uchun Презентация vа hоkаzо
nоmlаr berilаdi. POWER POINT dasturi lentalari Power Point 2016 dasturida
quyidagi lentalardan foqdalaniladi: Файл; Главная; Вставка; Дизайн;
Переходы; Анимация; Слайд-шоу; Рецензирование; Вид. 1. Dasturning
Файл lentasi fayllar ustida turli amallarni bajarishga imkon beruvchi buyruqlardan
tashkil topgan: Сведения - fayl haqida turli ma’lumotlarni olish; Создать – yangi
fayl hosil qilish; Открыть – mavjud faylni ochish; Сохранить – faylni saqlash;
Сохранить как – faylni boshqa nomda saqlash; Печать – faylni chop etish;
Закрыть – dasturni yopish. 2. Dasturning Главная - bosh lentasi Windows buferi
bilan ishlash (Буфер обмена), slaydalar yaratish (Слайды), slaydlardagi shrift
turlari, o‛lchami, ko‛rinishlarini o‛zgartirish (Шрифт), abzatslar bilan ustida turli
amallar bajarish (Абзац), slaydlarga turli shakl va rasmlar qo‛yish (Рисование)
hamda slaydlarni tahrirlashga (Редактирование) imkon beradi: 3. Dasturning
Вставка – qo‛yish, o‛rnatish lentasi slaydlar hosil qilish, jadvallar, shakllar,
diagrammalar, havolalar, turli ob’yektli matnlar, izohlar va belgilarni hamda
multimedia amallarini (videoyozuv, ovozlarni) slaydlarga qo‛yish uchun zarur
bo‛lgan buyruqlardan tashkil topgan: 4. Dasturning Дизайн – dizayn lentasi
yordamida taqdimot mavzusiga mos ko‛rgazmali ko‛rinishlarni tanlash, turli
variantlardan foydalanish, slayd o‛lchamini va fonini o‛zgartirish kabi amallarni
bajarish mumkin: 5. Dasturning Переходы - slaydlarga o‛tish lentasi slaydlarni
ekranga turli effektlarda chiqishini ta’minlab, slaydlarni ovoz bilan chiqishi va
slaydlarni almashish vaqtini belgilashga imkon beradi: 6. Dasturning Анимация -
ob’ektlarga animatsiya (harakat) berish lentasi buyruqlari animatsiya elementlarini
qo‛yish, animatsiya effektlarini o‛rnatish, animatsiya sohasini belgilash, animatsiya
tartibini o‛zgartirishga mo‛lgallangan: 7. Power Pointning Слайд-шоу lentasi
yordamida slaydlarni ko‛rishni boshlash, ko‛rish vaqtini belgilash va slayd-shoyni
sozlash kabi amallarni bajarish mumkin: 8. Dasturning navbatdagi
Рецензирование – taqrizlash lentasi buyruqlari slaydlarda imloni tekshirish, yozuv
tilini o‛zgartirish, slaydlarga izohlar qo‛yish, yozuvlarni qo‛lyozma ko‛rinishda
yozish kabi amallarni bajarishga imkon beradi: 9. Power Point dasturining Вид -
ko‛rinish lentasi slaydlarni ko‛rish rejimi xususiyatlarini o‛zgartirish, masshtablar,
oynalar va makroslar bilan ishlashga xizmat qiladi:
Bahodir Choriyev,
Oliy matematika va informatika
kafedrasi o‘qituvchisi,
katta leytenant