1.Kollenxima. 2.Sklerenxima. Kollenxima 2 xil bo‘ladi: Burchakli va plastinkali. Kollenxima tirik hujayralardan iborat bo‘lib, unda fotosintez protsesslar bo‘lib turadi. Poyada ko‘proq burchakli kollenxima uchraydi. Bunday xujayralarning faqat 4 ta burchagi yog‘ochlangan bo‘ladi. Sklerenxima hujayralari hamma tomonidan yog‘ochlangan, ya’ni o‘lik bo‘ladi. Sklerenxima poyaga qattiqlik beradi. Kollenxima esa 2 xil vazifani bajarib turadi. Poyaga elastiklik berish va oziq moddalarni tayyorlash va to‘plash. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari poyaning markaziy silindrida,ya’ni asosiy to‘qimalarida doira bo‘yicha, odatda bir qator, ba’zan ikki qator joylashgan. O‘tli 2 pallali o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari ochiq. (floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bor) hamda kolloteral (ksilemaning bir tomoniga floema joylashgan) yoki bikolloterial (ksilemaning har 2 tomoniga floema joylashgan) tipda tuzilgan. Oshqovoq poyasidagi o‘tkazuvchi to‘qima, bog‘lam-lari bikolloterial tipda tuzilgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘larining orasida oraliq kambiydan yangi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari hosil bo‘lib turadi. Bu yangi hosil bo‘lgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari birinchi hosil bo‘lgan bog‘lamlarga nisbatan kichikroq bo‘ladi. To‘plam oralig‘idagi kambiy oldingi bog‘lamlardagi kambiylar bilan qo‘shilib, kambiy xalqasini tashkil etadi. Ksilema kambiy xalqasining ichki tomonidan, floema esa, tashqi tomoniga joylashadi. Poyaning markazida odatda o‘zak bo‘ladi. Labsimongullilar oilasiga, soyabon gullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar poyasining o‘zagi tez fursatda nobud bo‘lib, poyaning ichi kovak bo‘lib qoladi. (shalfey, yalpiz, sabzi, ukrop, tmin,). O‘zakning chetki hujayralari tirik saqlanib qoladi. Markazdagi hujayralarning po‘sti yog‘ochlanadi, ya’ni o‘lik bo‘ladi. Yog‘ochlik o‘simliklarning poyasi yosh davrida epidermis bilan, keyinchalik ikkilamchi qoplog‘ich to‘qima-periderma bilan o‘ralib oladi. Peridermani probka kambiyasi, ya’ni-fellogen ishlab chiqaradi. Fellogen o‘zidan yuqoriga fellemani,ichkariga fellodermani ishlab chiqaradi. Fellogenning o‘zi epidermisdan yoki po‘stloqning tirik xujayralaridan xosil bo‘ladi. Probka bilan qoplangan qavat o‘zidan suv va havoni o‘tkazmaydi. Probka bilan qoplangan poyalarda chechevichkalar bo‘ladi. O‘simlik chechevichka orqali nafas oladi hamda ortiqcha suvlarni bug‘latib turadi. Peridermaning ichkarisida birlamchi po‘stloqning hujayralari joylashgan. Ularda oziq moddalar to‘playdi. Ba’zan bu hujayralarda kristallar ham uchraydi. Mas: lipaning poyasida ko‘rish mumkin. Ba’zi bir o‘simliklarning po‘stlog‘ida smola yo‘llari yoki efir moylari ishlab chiqaruvchi bezli hujayralar joylashgan bo‘ladi. Poyaning markaziy silindri peretsikldan boshlanadi. Peretsikldan ichkarida, ya’ni ikkilamchi po‘stloqda floema joylashgan. Poyaning yog‘ochlik qismi ksilema va o‘zakdan iborat. Ksilema bilan floema o‘rtasida kambiy bo‘linib ko‘payib turadi. Kambiy hujayralari faqat qishda bo‘linishdan to‘xtaydi. Kambiy o‘zidan yuqoriga floema elementlarini ichkari tomonga esa, ksilema elementlarini ishlab chiqaradi. Floemaga nisbatan ksilema qismi bir-necha martaba oshiq ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham poyaning po‘stloq qismiga nisbatan yog‘ochlik qismi qalin bo‘ladi. Daraxtlarning yog‘ochlik qismiga qarab, yoshini aytish mumkin. Kambiyning bahorda ishlab chiqargan suv naylari yirik, yupqa po‘stlik, ksilema elementlari siyrak joylashgan bo‘ladi. Kambiyning kuzda ishlab chiqargan suv naylari mayda, qalin po‘stlik, ksilema elementlari zich joylashgan bo‘ladi. Natijada bahor bilan kuz o‘rtasida yillik chegara xalqa xosil bo‘ladi. Bu xalqalarni yillik xalqa deyishadi. Yillik xalqalarning soniga qarab, o‘simliklarning yoshi aytiladi. O‘zakdan po‘stloqqa qarab o‘zak nur hujayralari joylashgan bo‘ladi. O‘zak nur hujayralari po‘stloqqa suv va mineral moddalarni, po‘sloqdan markazga esa organik moddalarni o‘tkazadi. Daraxtlarning yog‘ochlik qismi markaziy tomoni "Yadro" bo‘lib hisoblanadi. Markazda bo‘lgan suv naylarining teshiklari berkiladi. Suv naylari hamda ksilemaning parenxim xujayralarining po‘sti oshlovchi moddalar, smola yoki boshqa organik moddalar bilan sug‘oriladi. Shuning uchun daraxtning poyasi juda mustaxkam bo‘ladi. Shuning uchun ham paxtaning poyasi duradgorlikda ishlatiladi. Daraxtlarda "Yadro" 14-20 yilda tuziladi. Mas:qarag‘ayda "yadro" 30 yilda tuziladi. Yadroning qattiqligi o‘simlikning yoshiga bog‘liq emas,ob-havoga, tuproqqa bog‘liq. "Yadro" tuzilgandan so‘ng ksilemaning "Yadro" atrofidagi yosh qismi o‘tkazuvchanlik vazifasini bajarib turadi.