ishlab chiqarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli har xil, ba’zilari, masalan, mashinalar, uskunalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, ba’zilari esa ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz ishlab turishini ta’minlaydi, masalan, inshootlar, yana boshqalari esa, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoit yaratib beradi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, yo’llar va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonida to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydigan ob’ektlarga uy-joy- kommunal xo’jaligi vositalari, sog’liqni saqlash muassasalarining asosiy vositalari (kasalxona, ambulatoriya, poliklinika), madaniyat va maorif muassasalariga qarashli ob’ektlar (zavod klublari, teatrlar, kutubxona, bolalar muassasalari) va boshqalar kiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi xalq xo’jalik tarmoqlari va faoliyat turlariga bo’linadi: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va boshqalar. Masalan, sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida «Sanoat» tarmog’iga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning transport moddiy-texnika ta’minoti, ombor xo’jaligi va boshqa bo’limlarining asosiy vositalari kiradi.
Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlari balansida aks ettiriladigan yordamchi qishloq xo’jalik bo’limiga qarashli ob’ektlar «qishloq xo’jalik tarmog’i», uy-joy-kommunal xo’jaligiga qarashli ob’ektlar «Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish» va «Uy-joy-kommunal xo’jaligi» tarmog’iga kiradi.
Demak, sanoat korxonalaridan tashqari, boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlariga qarashli ob’ektlar ham foydalanishda bo’lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan sanoat korxonalarining asosiy vositalarini sanoat ishlab chiqarishi va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish fondlariga bo’lish mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlarining asosiy vositalari o’z foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Bino;
Inshoot;
O’tkazuvchi qurilmalar;
Mashina va uskunalar;
kuch mashina va uskunalari;
ishchi mashina va uskunalari;
v) o’lchov va tartibga soluvchi priborlar, qurilmalar va laborotoriya uskunalariga;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa mashina va uskunalar;
Transport vositalari;
Instrumentlar;
Ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari;
Xo’jalik inventarlari;
Ishchi va mahsuldor mollar;
Ko’p yillik daraxtlar;
Erni yaxshilash bo’yicha kapital xarajatlar (inshootlarsiz);
Boshqa asosiy vositalar;
Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy vositalar harakatdagi, zahiridagi va foydalanilmaydigan ob’ektlarga bo’linadi.
U yoki bu xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy vositalar korxonaning o’ziga qarashli va ijaraga olingan ob’ektlarga bo’linadi.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan:
0110 - «Er»;
0111 - «Erni obodonlashtirish»;
0112 - «Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni o’zlashtirish»;
0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;
0130 - «Mashina va jihozlar»;
0140 - «Mebel va ofis jihozlari»;
0150 - «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;
0160 - «Transport vositalari»;
0170 - «Ish hayvonlari va mahsuldor hayvonlar»;
0180 - «Ko’p yillik ekinlar»;
0190 - «Boshqa asosiy vositalar»;
0199 - «Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».
Ushbu schyotlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud asosiy vositalarning qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko’payishi schyotlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.