Amortizatsiya asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko’chirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Asosiy vositaning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan qiymat o’rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
Asosiy vositaning eskirishi bilan amortizatsiya o’rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo’qotish jarayonini aks ettiradi.
Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo’lib, iste’mol qilingan asosiy vositalar qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulot tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazish, iste’mol qilingan asosiy vositalarning o’rnini qoplash maqsadida pul fondini jamg’arish jarayonini aks ettiradi. Demak, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart- sharoitidir.
Moliyaviy qo’yilmalar hisobi
Moliyaviy qo’yilma - bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga qo’yilgan) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan) bo’ladi. Bundan tashqari moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan aktsiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aktsiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
Ular buxgalteriya hisobida 5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" balans hisobvarag’ining oborot mablag’lar sifatida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
obligatsiyalar, davlat va mahalliy qarz (zayom)lar, turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarini olishga oid qisqa muddatli xarajatlar harakati va qoldiqlar;
bankning depozit schyotlariga yoki o’zga xil ayni o’xshash qo’yilmalarga jalb qilingan pul mablag’larining harakati va qoldiqlari;
jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli pul va o’zga xil qarz(zaem)larning harakati.
Dostları ilə paylaş: |