Praktikumi fanidan mustaqil ish


-rasm. Erkaklar klassik sorochkasi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə2/5
tarix06.04.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#94045
1   2   3   4   5
Praktikumi fanidan mustaqil ish

1-rasm. Erkaklar klassik sorochkasi.
Ko'ylak tashqi ko'rinishiga qarab turli uslubiy yechimda bo'lishi mumkin: klassik, sport, romantik.


Klassik uslubiy yechimdagi ko'ylaklar oddiy ko'rinishda bo'lib, ularni har kuni bayramlarda va xizmatga kiyishadi. Silueti asosan to'g'ri, yarim yopishgan yoki yopishgan bo'lishi mumkin. Klassik uslubdagi ko'ylaklar mayin paxta tolali, shoyi, paxta- lavsanli va sun'iy tolali gazlamalardan tikiladi. Gazlama ranglari ko'p ham ko'zga tashlanavermaydi.
Lekin bunday ko'ylaklar hech ham modadan chiqmaydi, bir oz tashqi ko'rinishi o'zgaradi xolos.


Sport uslubidagi ko'ylaklar - keng bichimliligi bilan va mayda bo'laklarining ko'pligi bilan ajralib turadi. Bunday ko'ylaklarning yenglari o'tqazma, koketkasi bilan yaxlit yoki reglan bichimli bo'ladi. Ko'ylakga asosan bostirma cho'ntak, har xil ko'rinishdagi cho'ntak qopqoqlar, koketkalar, pogonlar, xlyastiklar tikilsa juda mos keladi. Mayda bo'laklarni bezak choklar bilan, metall yoki charmli furnitura bilan bezash mumkin.
Sport uslubidagi ko'ylaklar taqilmasi etakkacha yoki ko'krak chizig'igacha loyihalanishi va ularga planka bilan ishlov berilishi mumkin.
Gazlamalar rangi - ochiq rangda katak yoki yo'l-yo'l gulli qilib tanlanadi. Bunday ko'ylaklar paxta tolali, zig'ir, jun, shoyi va sun'iy tolali matolardan tikiladi.
Romantik uslubdagi ko'ylaklar shakli va bichimi bo'yicha har xil bo'ladi. Bunday ko'ylaklar o'ziga xos va original (noyob) ligi bilan ajralib turadi. Shuningdek bunday ko'ylaklarda bezak beruvchi tasmalar, taxlamalar ko'p ishlatiladi.
Ko'ylaklar turli ranglardagi sidirg'a gazlamalardan; oq, sariq, havo rang, yashil va kul rangda tikilishi mumkin.
Har kuni kiyish uchun mo'ljallangan ko'ylaklar aniq proportsiyali, bosiq rangli, uzun va kalta yengli bo'lishi mumkin. Yoqalar bichimi va shakli bo'yicha turli-tuman bo'lib, asosan qoplama cho'ntakli qilib loyihalanadi.
Kundalik ko'ylak uchun tanlangan gazlama mavsumiga qarab qalin yoki yupqa, lekin albatta kam g'ijimlanuvchan va oson yuviladigan bo'lishi shart.
Tantanali marosimlar uchun mo'ljallangan ko'ylaklar chiroyli, bashang gazlamadan va bezak bo'laklar bilan (taxlama va kashta, bezak baxyaqator) bezatilgan qilib tikiladi. Tantanali marosimlar uchun mo'ljallangan ko'ylaklar yana muayyan maqsadlarda ishlatilishiga qarab (teatr, yubiley, rasmiy marosimlar) ham turlarga bo'linishi mumkin.
Yozgi ko'ylaklar uchun asosan ip, zig'ir, shoyi gazlamalar, qish mavsumi uchun issiq gazlamalar jun, velvet va paxmoq, kuz va bahor fasllari uchun esa aralash tolali, sun'iy gazlamalar tanlash tavsiya etiladi.
Ko'ylaklar vazifasiga ko'ra - uyga, ko'chaga, bayramda kiyiladigan, maxsus - harbiy xodimlar uchun tikiladigan ko’ylaklarga bo'linadi.
Erkaklar ko'ylagi bostirma qopqoqli taqilmalarini tikish.

1- 2- rasm
Ostki va ustki qopqoqlar, ularning o'ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo'yiladi, qopqoqlar bilan kiyim kesimi qirqimlari ulanadi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin