Yenglar taqilmalarini tikish
Manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining davomida yoki yaxlit etakning kesimida tikilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta maq’iz qo’yib tikiladi. Bunda maq’iz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Maq’izning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan
qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi.
Kesimdagi taqilmani maq’izsiz ham tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishda qirqiladi va oxirida to’q’ri burchak ostida 0,5-0,7sm qirqma hosil qilinadi. So’ngra qirqmaga parallel qilib 0,5-0,7 sm. naridan qirqmalar bukiladi.
Taqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan
cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va yuqori qismi to’q’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi.
Yengning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan maq’iz bilan aq’darma
chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Maq’izga chok solib puxtalanadi.
ADABIYOTLAR:
M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 318-321 va 329-332 betlar.
M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 206-210 va 223- 225 betlar.
M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 150-162 betlar.
M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 264-276 betlar.
I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar ustki kiyimini tikish” Toshkent “O’qituvchi” 1997 yil 161-167 betlar.
M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 214-217 va 231-233 bet.
M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 321-326 betlar.